AsosiyJamiyat

Ichida o`zbeklar va tojiklar bo`lgan avtobus Qozog`istonda YTHga uchradi

'Ichida o`zbeklar va tojiklar bo`lgan avtobus Qozog`istonda YTHga uchradi'ning rasmi

Bugun “Samara – Chimkent” yo`lida 74 nafar yo`lovchini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Oqibatda ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda “Kazavtojol MK” AJ matbuot xizmati boshlig`i Marjan Ordabayga asoslanib Zakon.kz xabar bergani aytilmoqda

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Neoplan avtobusi haydovchisi tezlikni oshirib, masofani saqlamagani uchun Daf yuk mashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan.

Hodisa Qizilo`rda oblastidagi Shijaga qishlog`i yaqinidagi yo`lning 1131-kilometrida sodir bo`lgan.

Xabarda aytilishicha, avtobus salonida O`zbekiston va Tojikistonning jami 74 fuqarosi bo`lgan. Ular xavfsiz joyga olib o`tilib, dastlabki yordam ko`rsatilgan.

Jumladan, ikki nafar jarohatlangan yo`lovchiga Orol tuman shifoxonasida tez tibbiy yordam berilgan. Ular shifoxonaga oyoq sinish jarohati bilan olib kelingan.

YTH tafsilotlari o`rganilyapti.

Boshqa yangiliklar