Му5
4

“Vikipedia” o`rniga “Buyuk Rossiya Ensiklopediyasi”ni yaratish taklif qilinmoqda

Dunyo 03.12.2019, 11:10
Теглар: Putin, Buyuk Rossiya Ensiklopediyasi
492
“Vikipedia” o`rniga “Buyuk Rossiya Ensiklopediyasi”ni yaratish taklif qilinmoqda

O`tgan oyda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin onlayn ensiklopediya hisoblanuvchi “Vikipedia”ni ishonchsiz deb atagan va uning o`rnini bosadigan boshqa onlayn ensiklopediya yaratish kerakligini taklif qilgandi. Bu haqda reuters.comga tayanib xabar berildi.

«Bu,  zamonaviy shaklda taqdim etiladigan ishonchli ma`lumotlar bazasi bo`ladi»,  deb aytgan Rossiya Prezidenti.

Endilikda Rossiya o`zining milliy ensiklopediyasi uchun yangi veb-sayt yaratmoqchi.  Hukumat qarorida aytilishicha, bu orqali odamlar «ilmiy tasdiqlangan bilim manbalari asosida doimiy ravishda yangilanib turadigan ishonchli ma`lumotlarni» topishlari mumkin bo`ladi.

2015 yilda Rossiya giyohvand moddalar bilan bog`liq saytlarni ta`qiqlovchi qonunchilikka binoan “Vikipedia”ning rus tilidagi versiyasini bloklagan edi. Chunki unda nasha o`simligi to`g`risidagi ma`lumotlar mavjud bo`lgan.

21 noyabr kuni TASS axborot agentligi tarqatgan xabarga ko`ra,  yangi ruscha portal uchun 2 milliard rubl (31 million dollar) miqdorida mablag` sarflanadi. Shuningdek, hukumat qarorida qayd etilishicha,  “Buyuk Rossiya Ensiklopediyasi” uchun milliy ilmiy-tadqiqot markazi ham tashkil qilinadi.

Шарҳлар

Putin va Zelenskiy ilk bor uchrashdi. Qaerda?

10.12.2019, 13:59

Hozirda Parij shahrida 4 mamlakat – Rossiya, Ukraina, Fransiya va Germaniya rahbarlari o`rtasida sammit o`tkazilmoqda. Bu yig`ilishda Ukraina sharqida tinchlikni tiklash masalasi ko`rib chiqilmoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Suriya armiyasi Turkiya chegarasiga etib keldi

28.10.2019, 14:10

 Suriya qurolli kuchlari mamlakatning shimoli-sharqida, Ras al-Ayn shahri yaqinida Turkiya bilan chegaraga etib kelishdi, deb xabar bermoqda regnum.ruKeltirilishicha, Suriya armiyasi chegaradagi o`nlab aholi punktlarini, jumladan,...
Putin bilan Erdog`anning “tarixiy kelishuvi”dan so`ng Tramp sanksiyalarni bekor kildi

24.10.2019, 18:40

  «AQSh Turkiyaga Suriyaning shimoli-sharqiga bostirib kirishi uchun qo`ygan sanksiyalarini bekor qiladi», dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.Qaror Turkiya va Rossiya prezidentlari Sochida kelishib olgan «Tinchlik bulog`i»...