Му5
4

O`zbekistonda Rossiya Federasiyasining madaniyat kunlari boshlandi

Madaniyat 03.12.2019, 11:59
Теглар: O`zbekiston, Rossiya
806
O`zbekistonda Rossiya Federasiyasining madaniyat kunlari boshlandi

Joriy yilning 3-7 dekabr kunlari O`zbekistonda Rossiya Federasiyasining madaniyat kunlari bo`lib o`tadi.

Madaniyat kunlari doirasida V.D.Polenov nomidagi Rossiya davlat xalq ijodiyoti uyi tomonidan “Loskutnaya mozaika Rossii” deb nomlangan zamonaviy ustalarning to`qimachilik mahsulotlari ko`rgazmasi tashkil etiladi. Ushbu ko`rgazma ekspozisiyasidan Rossiyaning turli hududlariga mansub mashhur hunarmand-ustalarning ishlari o`rin olgan. Har bir asardagi rang, shakl, gullar va mato uyg`unligi tashrif buyurganlarni o`ziga rom etadi.

Shuningdek, Dog`istonda xizmat ko`rsatgan “Lezginka” akademik raqs ansamblining konsert dasturi o`tkaziladi. Mazkur ansamblga 1958 yil SSSR Xalq artisti Tanxo Izrailov tomonidan asos solingan. Dunyoning 65 mamlakatiga gastrol uyushtirgan ansambl professional raqs jamoalari o`rtasida o`tkaziladigan tanlov va festivallarda 48 marotaba g`olib bo`lgan. Ansambl tomonidan shu kunga qadar Rossiya, Dog`iston va Kavkaz xalqlarining 100 dan ortiq raqslari sahnalashtirilgan.

Konsert dasturi yuksak badiiy did bilan tashkillashtirilgan bo`lib, unda raqslarning xilma-xilligi, folklorning ajoyib namunalari, yuqori ijro mahorati tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldirishi shubhasiz.

 

Шарҳлар

O`zbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof etildi

07.01.2020, 08:35

Sport bo`yicha xorijning nufuzli nashrlaridan biri O`zbekistonni “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.Angliyaning...
Rossiya konidagi yong`inda halok bo`lgan hamyurtlarimiz jasadi O`zbekistonga qaytarildi.

25.12.2019, 11:03

Xabaringiz bor, Rossiyadagi konda sodir bo`lgan yong`inda o`zbeklar ham halok bo`lgani xabar berilgan edi. TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning jasadlari O`zbekistonga qaytarilishi bo`yicha ma`lumot berdi. Mamlakatimizning Ekaterinburg...
O`zbekistonda qidiruvda bo`lgan shaxs Rossiyada ushlandi

21.12.2019, 09:50

Vobkent tumanida qidiruvda bo`lgan shaxs Vladivostokda ushlandi, deya ma`lum qildi Buxoro viloyati IIB.O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 05.03.2015 yilda qidiruv...
Qozog`istonda O`zbekiston Oliy Majlisi deputatligi uchun ovoz berish boshlandi

13.12.2019, 08:50

Qozog`istonda 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga muddatidan avval saylovlar boshlandi, deb xabar bermoqda Kazinform’ga tayannib O`zA.“Fuqarolarga imkon qadar qulay...