Му5
4

Olmaliqda fuqaroning yotoqxonasidan “marixuana” giyohvandlik vositasi topildi

Jinoyat 03.12.2019, 12:30
465
Olmaliqda fuqaroning yotoqxonasidan “marixuana” giyohvandlik vositasi topildi

2019 yil 29 noyabr kuni taxminan soat 17:10 larda Toshkent viloyati Olmaliq shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Olmaliq shahar prokurorining ruxsati olingan qaroriga ko`ra, 29 yoshli Ya.S.ning yotoqxonasi ko`zdan kechirilganda, kiyim-kechak javonidagi sariq rangli sumka ichidan, o`tkir hidli, to`liq qurimagan nam holdagi sarg`ish rangli umumiy og`irligi 3,8 kg. o`simlik modda aniqlanib, prosessual tartibda holislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko`ra, Ya.S.dan olingan modda tarkibida faol giyohvand modda “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 30 noyabr kuni Olmaliq shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan fuqaro Ya.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko`p miqdordagi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo`yicha Ya.S. gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, so`roq qilingan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Шарҳлар