my5

“G`ijduvonda buzilayotgan adolat tarozisi” bo`yicha tergov harakati boshlandi

Jamiyat 03.12.2019, 13:12
Теглар: G`ijduvon, er maydoni
886
“G`ijduvonda buzilayotgan adolat tarozisi” bo`yicha tergov harakati boshlandi

2019 yil 01 dekabr kuni internetning “YouTube.com” saytida “Prezientga murojaat: G`ijduvonda adolat tarozisi buzilmoqda” sarlavhasi ostida video e`lon qilindi. Mazkur holat Buxoro viloyati IIB tomonidan tezkor o`rganilib, ma`lumot taqdim etildi.

Unga ko`ra, 2019 yil 13 sentyabr kuni G`ijduvon tuman Buktaroy MFY Xaroshxona qishlog`ida yashovchi fuqaro Yo.A.Akramov G`ijduvon tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, tanishi T.R.Tursunov undan G`ijduvon tumani Sharq MFYda joylashgan 3 (uch) sotixdan iborat er maydoni evaziga 15.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, shu kunga qadar mazkur er maydonini uning nomiga rasmiylashtirib bermasdan va pullarini ham qaytarmasdan aldab kelayotganligini bildirgan.

Ariza tegishli tartibda qayddan o`tkazilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va natijasiga ko`ra 2019 yil 13 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 1-bandiga ko`ra jinoyat ishini qo`zg`atishni rad qilish to`g`risida qaror qabul qilingan. Bu haqida shu kuni fuqaro Yo.Akramovga bildirish xati yuborilgan.

To`plangan hujjatlar G`ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan nazorat tariqasida o`rganilib, 2019 yil 12 noyabr “Jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish to`g`risidagi qaror” bekor qilingan va qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish uchun G`ijduvon tuman IIO FMBga yuborilgan. 

2019 yil 13 noyabr kuni fuqaro Yo.Akramovning arizasida ko`rsatilgan holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va shu kuni bu to`g`risida fuqaro Yo.Akramovga bildirish xati yuborilgan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi holatlar bo`yicha tayinlangan xizmat tekshiruvi yakuni bilan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Шарҳлар