Му5
3

Pensionerning uyidan maishiy texnika o`g`irlaganlikdan gumonlanayotgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 03.12.2019, 14:23
473
Pensionerning uyidan maishiy texnika o`g`irlaganlikdan gumonlanayotgan shaxs qo`lga olindi

19-noyabr kuni Mirobod tumanida soat 13.00 dan 15.00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida, noma`lum shaxs 69 yoshli Zulfiya K.ning xonadoniga kirish eshigi qulfini buzib kirgan. 

Uydan kir yuvish mashinasi va gaz plitasini o`g`irlab, voqea joyidan yashiringan. Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi sifatida 53 yoshli Fozil I.ni qo`lga olishdi.

Шарҳлар