Му5
4

Qashqadaryoda 10 oyda 48 nafar mansabdor jinoyat qilgan

Jinoyat 03.12.2019, 14:43
623
Qashqadaryoda 10 oyda 48 nafar mansabdor jinoyat qilgan

Joriy yilning o`tgan 10 oyi davomida viloyat prokuratura organlari tomonidan 482 ta, shu jumladan, 48 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bu haqda viloyat prokuraturasida prokuratura idoralari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida aytib o`tildi.

Tadbirda dastlab viloyat prokurori o`rinbosari Azamat Mirzaev so`zga chiqib,  joriy yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berdi.

Shundan so`ng tadbir savol-javoblar ko`rinishida davom etdi. Jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan ko`plab savollarga javob olishdi. Ayniqsa, jurnalistning axborot olish erkinligi va kafolatini himoya qilish, joylarda murojaatlarga e`tiborsiz bo`layotgan ba`zi mas`ul rahbarlarga nisbatan qonuniy choralar ko`rish, tezkor axborotlarni olish va tarqatishga to`siq bo`layotgan holatlarga amaliy yordam berish bo`yicha mulohazalar o`rtaga tashlandi.

Ta`kidlash joiz, viloyat prokuraturasi tomonidan bunday keng miqyosdagi matbuot anjumani ilk marta o`tkazildi. Bu an`ana endilikda doimiy davom etishi, prokuraturaning OAV uchun doimo ochiq va shaffof maskanga aylanishidan har ikkala tomon ham manfaatdor ekanligi aytib o`tildi.

Шарҳлар