Му5
4

O`zbekiston Prezidenti Dushanbe shahri raisini qabul qildi

Siyosat 03.12.2019, 14:49
578
O`zbekiston Prezidenti Dushanbe shahri raisini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 dekabr kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti - Dushanbe shahri raisi Rustam Emomalini qabul qildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qaytd etdi.

Ikki qardosh mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ko`p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish ta`minlangani, O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida strategik sheriklik yo`lga qo`yilgani alohida qayd etildi.

Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz poytaxtlari Toshkent va Dushanbe o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shaharni boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish, "yo`l xaritasi" asosida qo`shma kooperasiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini amalga oshirish kabi yo`nalishlarda muntazam muloqotni yo`lga qo`yish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

 


 

Шарҳлар