Му5
13

"O`zbekneftgaz" imkoniyati cheklangan insonlar holidan xabar oldi

Jamiyat 03.12.2019, 14:59
410
"O`zbekneftgaz" imkoniyati cheklangan insonlar holidan xabar oldi

BMT bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyusiyasiga muvofiq har yili 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo bo`ylab nishonlanadi. 

Uning maqsadi - jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini rag`batlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik e`tiborini jalb qilishdan iborat.

Mamlakatimizda yaratilgan kuchli ijtimoiy himoya poydevori asosida hukumatimiz tomonidan aholining ehtiyojman qatlamlarini, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan choralar amalga oshirilmoqda. 

Ushbu jarayonlarga munosib hissa qo`shish maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan ham xayriya tadbirlari amalga oshirildi. Bu haqda jamiyatning matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jamiyat xodimlari Nukus shahridagi Somonboy, Onasoy, Amudaryo, Jiydali Boysun MFYlarida istiqomat qilayotgan 11 nafar imkoniyati cheklangan insonlar xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar olishdi. Ularga kundalik hayotda kerakli maishiy texnika vositalari berildi. 

 

Шарҳлар