Му5
3

IIV olib tashlangan “post”larning qayta tiklanayotganiga izoh berdi

Jamiyat 03.12.2019, 16:00
Теглар: IIV, post
585
IIV olib tashlangan “post”larning qayta tiklanayotganiga izoh berdi

Avvalroq,  viloyatlarning chegara hududlarida qayta tiklanayotgan “post”lar haqida ma`lumot berildi. Bir vaqtlar prezident buyrug`i bilan olib tashlangan postlar nega yana qaytadan tiklanmoqda?

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G`iyosovning ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi “O`zbekiston Respublikasi yo`l xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 377-son qaroriga muvofiq, respublika hududida mavjud bo`lgan 133 ta yo`l-patrul xizmati stasionar postlari va patrul-post xizmati postlaridan 74 tasining faoliyati tugatilib, bugungi kunda ulardan 59 tasi o`z ishini davom ettirmoqda.

Shu bilan bir qatorda, yuzaga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda, o`rnatilgan tartibda, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan kelishgan holda, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan yo`l-patrul va patrul-post xizmati postlarini vaqtincha tashkil etish va tugatish tartibi mavjud.

Yurtimizda rejalashtirilayotgan nufuzli siyosiy va bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish jarayonida xavfsizlikni ta`minlashni samarali tashkil etish maqsadida, ayrim hududlarda vaqtinchalik yo`l-patrul va patrul-post xizmati postlari tashkil etilmoqda.

IIV Axborot xizmati rahbari fuqarolarimizdan ushbu xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilayotgan muhim vazifalarni to`g`ri qabul qilishlarini hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli nomaqbul fikrlarni tarqatmasliklarini so`raydi.

 

Шарҳлар

“Bugun bir guruh IIV xodimlari uyimizga kelib, holimizdan xabar olgani meni xursand qildi...”

12.12.2019, 18:57

Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari doirasida mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta`minlangan...
Perevalni to`sish kimga kerak bo`lib qoldi?

05.11.2019, 10:12

Bugun joylarda sodir bo`layotgan voqea-hodimalarni tezkor ma`lum qilish va munosabat bildirishda blogerlar faol. Xususan, telegram kanalida Respublikamiz viloyatlari bo`ylab qo`yilgan “post”lar yuzasidan munosabat bildirildi:“Aytamiz ham,...
​QOIDABUZARLAR REYTINGIGA TIBBIY TRANSPORT BOShChILIK QILDI: YHXBB VAZIYaTGA OYDINLIK KIRITADI

20.06.2017, 14:12

Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida Toshkent shahrida joriy etilgan “Yo`l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi” tomonidan qayd etilgan va sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda...
​5 oyda IIV tomonidan 400 nafardan ortiq qidiruvdagi jinoyatchilarni qo`lga olindi

02.06.2017, 15:41

Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari va hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan haftaning payshanba kunlari o`tkazib kelinayotgan profilaktika tadbirlari doirasida ma`lumot berdi.Mazkur...