Му5
3

Fijida qizamiq xavfi tufayli sport musobaqalari keyinga qoldirildi

Dunyo 05.12.2019, 15:55
473
Fijida qizamiq xavfi tufayli sport musobaqalari keyinga qoldirildi

Fiji o`zining sport federasiyalaridan barcha musobaqalarni yanvargacha to`xtatib turishni so`radi. Bunga sabab qo`shni mamlakat Samoada o`nlab odamlarning o`limiga olib kelgan qizamiq epidemiyasi tarqalganidir. Tabiiyki, bu holat Fijida ham avj olishi mumkin, de xabar bermoqda Tarjimon.uz.

Dunyo bo`ylab tarqalayotgan va juda yuqumli bo`lgan qizamiq kasalligi Samoada hozirgacha 53 nafar insonning hayotiga zomin bo`ldi. Fijida esa 15 kishida bu kasallik aniqlangan, ammo ularning hech qaysi biri vafot etmagan. Hukumat aholini kasallik tarqagan hududlardan qochish va ommaviy tadbirlarni bekor qilish haqida ogohlantirmoqda. «Hozir odamlarni sport tadbirlariga to`plash to`g`ri emas va biz bunday qilmasligimiz kerak»,  deydi “Fiji National” raisi Piter Mazey.

Fiji futbol,  plyaj voleyboli va netbol federasiyalari allaqachon musobaqalarni to`xtatgan. Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi 7-noyabr kuni epidemiya boshlangani e`lon qilinganidan beri 100 mingga yaqin odam emlanganligini ma`lum qildi.

Шарҳлар