O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda “O`zbekistonda ko`chmas mulkni ro`yxatga olish va kadastr tizimini modernizasiya qilish” loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha doirasida quyidagilarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:
- Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqni ro`yxatdan o`tkazish muhimligi va samaradorligi to`g`risida jamoatchilikni xabardor qilish;
- Mamlakat aholisini Davergeodezkadastr qo`mitasi majburiyatlari bilan tanishtirish;
- Jamoatchilikni mamlakatimizda ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni ro`yxatga olish sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida xabardor qilish;
- Fuqarolarga ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni ro`yxatga olish borasidagi huquq va burchlarini tushuntirish;
- Jamoatchilikka yangi kadastr texnologiyalari to`g`risida axborot berish;
- Jamoatchilikni ma`lumotlarga ishlov berish raqamli tizimlari ish prinsiplari bilan tanishtirish;
- Ko`chmas mulk huquqini ro`yxatdan o`tkazish uchun zarur davlat boji va xizmatlari uchun to`lovni hisoblash qoidalarini tushuntirish;
- Ko`chmas mulk huquqini ko`chmas mulkni ishbilarmonlik maqsadida foydalanish uchun yaratish imkoniyatlari masalasini batafsil anglatish.
Loyihaning jamoatchilikni xabardor qilish bo`yicha yo`nalishida barcha tadbirlar «Mening uyim» nomi bilan amalga oshiriladi. Aholining ko`chmas mulkni onlayn ro`yxatga olish masalasida bilimlarini oshirish bo`yicha onlayn platforma hamda barcha qiziqtiruvchi savollarga tezkor ravishda javob topish uchun telegram-bot yaratiladi.
Loyihaning yorqin hodisalaridan yana biri — “Er.Diyor.Uy” birinchi yoshlar intellektual festivali, u Butunjahon Er kuniga bag`ishlanadi. Ushbu tadbir kombinasiyalangan kompleks formatda bo`ladi hamda o`z ichiga bir nechta tadbirlarni qamrab oladi, ular onlayn rejimda ham amalga oshiriladi. Avvaldan ro`yxatdan o`tgan va tanlangan yosh tashabbuskor guruhlar kvest formatidagi intellektual tanlovlarda ishtirok etishadi, ko`chmas mulkni ro`yxatdan o`tkazish va mulkka egalik huquqi tizimini soddalashtirish, er resurslaridan unumli foydalanish yo`llari va yangi texnologiyalari, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish mavzularidagi o`zlarining startap-loyihalarini taqdim qilishadi.
Nematjon Atamuradov, O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi Matbuot xizmati boshlig`i