Rossiya 5 dekabr payshanba kuni Bolgariya elchisi Atanas Krastinni mamlakatdan chiqarib yuborayotganini ma`lum qildi. Bu oktyabrda rossiyalik diplomat josuslikda gumon qilinib Bolgariyadan chiqarib yuborilishiga javob tariqasida amalga oshirilgan, deya xabar bermoqda tarjimon.uz. arabnews.comga tayangan holda.
«Bu qadam Bolgariya rasmiylarining oktyabr oyida rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish to`g`risidagi qaroriga javob chorasidir», deyiladi Rossiya TIV bayonotida. Ammo bu haqda batafsil ma`lumot berilmagan.
Hozirda NATO va Evropa Ittifoqiga a`zo bo`lgan Bolgariya ilgari Sovet Ittifoqi tarkibida edi. Ammo, ayni paytda Rossiya-Bolgariya munosabatlari yaxshi emas.
Ikki davlat o`rtasidagi ziddiyatlar sentyabr oyida Bolgariya sudi Rossiya qo`llab-quvvatlaydigan Nikolay Malinovni josuslikda ayblagani sababli avj oldi.
Sobiq deputat Malinov Bolgariyadagi eng yirik Rossiya qaramog`idagi nodavlat tashkilot – «Rusofili»ni boshqaradi. Hatto, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Malinovni davlat mukofoti bilan ham taqdirlagan.