Му5
3

Ijtimoiy tarmoqlarda suratlari tarqalgan farg`onalik ayol deputatlikka nomzodini qo`ymaydigan bo`ldi

Jamiyat 07.12.2019, 18:35
1999
Ijtimoiy tarmoqlarda suratlari tarqalgan farg`onalik ayol deputatlikka  nomzodini qo`ymaydigan bo`ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda suratlari tarqalgan va Farg`ona shahar kengashi deputatligiga Ekologik partiya tomonidan 25-«Marg`ilon» okrugidan ko`rsatilgan nomzod, tadbirkor ayol fikridan qaytdi va o`z xohishi bilan saylovlarda ishtirok etuvchi nomzodlar ro`yxatidan chiqarishlarini so`radi. Bu haqda O`zA xabar bergan.

Saylov kodeksining 42-moddasiga ko`ra, shov-shuvlarga sabab bo`lgan ayol shahar saylov komissiyasiga 23 noyabr kuni nomzodlikdan voz kechish bo`yicha ariza bilan murojaat qilgan. Saylov komissiyasining qaroriga asosan u nomzodlar ro`yxatidan chiqarilgan.

22 dekabr kuni bo`lib o`tadigan parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida tashkil etilayotgan bo`lib, ayni kunlarda deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda. Milliy qonunchiligimizda saylovlarda deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qat`iy belgilab qo`yilgan. Bu esa, o`z navbatida, har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak mas`uliyat ham yuklaydi.

Farg`ona shahrida o`tkazilayotgan saylovlarga, xususan, nomzodlarni ko`rsatish masalasida hokimlik aralashmagan bo`lib, 5 ta siyosiy partiyalar tomonidan ular ilgari surildi. Xalq deputatlari shahar kengashiga saylov o`tkazuvchi komissiyaning ma`lum qilishicha, 30 ta okrug bo`yicha 150 nafar deputatlikka nomzodlar ro`yxatga olingan.

Ekologik partiya Farg`ona shahar kengashining ma`lum qilishicha, bu shaxsni nomzod etib ko`rsatish to`g`risidagi partiya qarori bekor qilingan.

Шарҳлар