my5

Prezident Mirziyoev: "Ilgari pul qaerga ketayotgani mavhum edi"

Siyosat 07.12.2019, 19:01
1552
Prezident Mirziyoev: "Ilgari pul qaerga ketayotgani mavhum edi"

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun Konstitusiya kuniga bag`ishlangan bayram tantanalarida so`zlagan nutqida yaqinda Oliy majlis Senati qabul qilgan byudjet to`g`risidagi qonunni tarixiy voqea deya atadi. Shuningdek, ilgari byudjet pullari qaerga ketayotgani mavhum bo`lganini esladi:

"Ilgari byudjet pullari qaerga ketishini jamoatchilik bilmasdi. Mavhum edi. Byudjet to`g`risidagi qonun haqiqatda katta yangilik bo`ldi. Xalqimiz qaerga qancha pul ketyapti bilishi kerak. Bu tarixiy voqea".

Shuningdek, Davlat rahbari O`zbekistondagi advokatlik faoliyati talab darajasida emasligini aytdi. Advokatlik institutlari mustaqil bo`lishi uchun barcha zarur ishlar amalga oshirilishi lozimligini ma`lum qildi. 

Шарҳлар