my5

Prezident yangi qonunni imzoladi

Siyosat 08.12.2019, 21:08
Теглар: qonun, prezident
2195
Prezident yangi qonunni imzoladi

Qonun bilan kasaba uyushmalari faoliyatining qonuniylik, ixtiyoriylik, mustaqillik va o`zini o`zi boshqarish kabi asosiy prinsiplari belgilandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Jumladan, fuqarolar o`z qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o`z tanloviga ko`ra ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish, a`zo bo`lish, a`zolikdan chiqish huquqiga ega.

Qonunda kasaba uyushmalarining tadbirkorlik faoliyatiga oid normalar belgilandi.

Ya`ni, kasaba uyushmalari o`z ta`sis hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalar doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi mumkin.

Kasaba uyushmalari faoliyatining kafolatlarini kuchaytirish maqsadida ish beruvchining majburiyatlari aniq belgilab berildi.

Jumladan, ish beruvchi xodimlarning manfaatlariga daxldor qarorlar qabul qilingunga qadar kasaba uyushmalari bilan maslahatlashuv o`tkazishi shart.

Qonunga ko`ra davlat kasaba uyushmalari faoliyatini subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtmalar shaklida va boshqa tarzda qo`llab-quvvatlashi mumkin.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran uch oy o`tgach kuchga kiradi.

Шарҳлар