Му5
3

Yurtimizga Kavkaz hududidan sovuq havo kirib kelmoqda

Jamiyat 09.12.2019, 21:12
2267
Yurtimizga Kavkaz hududidan sovuq havo kirib kelmoqda

Shu kunlarda mamlakatimizda ob-havo isishi kuzatilmoqda. Buning sabablari va hafta davomida bizning kutayotgan harorat haqida “O`zgidromet” markazi mutaxassislari O`zAga xabar berdi. 

Bugun Turkmaniston hududidan nisbatan nam va iliq havo oqimlari kirishi ta`sirida kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kechga borib kuchsiz yomg`ir yog`ishi mumkin. 

Shamolning tezligi kuchayib, daqiqasiga 15-20 metrga etishi mumkin. Kunduzgi harorat 14-19 daraja atrofida bo`ladi.

Keyinchalik ob-havoni Kavkazdan Kaspiy dengizi orqali biz tomonga siljigan balandlikdagi antisiklon belgilaydi. 

10 dekabrda yomg`ir yog`ib o`tadi, shimolda yoqqan yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Mamlakatimiz hududining katta qismida harorat nisbatan iliq bo`lib, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi. 

Shimolda haroratning kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kuzatiladi. 

11 dekabrda esa Kavkaz hududidan sovuq havo kirishi bilan ayrim joylarda yog`ingarchilik kuchayadi. 

12-14 dekabrda ob-havoning nobarqarorligi saqlanadi, ayrim joylarda kuchsiz yog`ingarchilik, faqat mamlakatimizning shimoli-g`arbiy tumanlarida ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi.

Sovuq antisiklon ta`sirida shu kunlarda havo harorati asta pasayib kechasi 0-3 daraja, kunduzi 8-11 darajagacha tushadi. Bu ko`rsatkichlar o`rtacha ko`p yillik qiymatlarga yaqindir.

Xabaringiz bor, dam olish kunlari tuman kuzatildi. Mintaqamizda tuman hosil bo`lishiga o`tgan yog`inlar bilan namlangan iliq tuproqqa sovuq havoning asta-sekin oqib kelishi asosiy sabab bo`ladi. Tumanlar asosan yilning sovuq davrida noyabrdan aprelgacha kuzatiladi, ular ko`proq dekabr-yanvar oylarida takrorlanadi. 

Asosan kechki, tungi va ertalabki soatlarda kuzatiladigan tuman quyosh chiqishi va harorat bir oz ko`tarilishi bilan tarqalib ketadi.

Tumanlarning davomiyligi har xil. Asosan 3 soatgacha davom etadigan tumanlar kuzatiladi. 12 soatdan ortiq davom etib, meteorologik ko`rinuvchanlik 50 m va undan kam bo`ladigan holatlar xavfli ob-havo hodisalariga kiradi. bunday holatlar aviasiya va erusti yo`l transporti uchun xavf tug`diradi.

O`tgan kunlarda aynan shunday sharoitlar kuzatildi. Esingizda bo`lsa, dekabrning birinchi besh kunligida qishga xos bo`lmagan quyoshli ob-havo kuzatildi. Harorat 10-12 darajani tashkil qilib, tuproqning ilishiga isishiga keldi. 6 dekabrda esa Kaspiy dengizi tomondan kelgan antisiklon natijasida havo aynab, yog`ingarchilik bo`ldi. 

Шарҳлар