Ayollarni harbiy xizmatga yanada ko`proq jalb qilishga chaqiruvdan keyin Latviya armiyasida bu boradagi maxsus kampaniya boshlandi.
Latviya hozirda armiya safida ayollarning miqdori bo`yicha NATO davlatlaridagi dastlabki beshlikdan joy olib turibdi, deb xabar bermoqda O`zA “Delfi.lv” manbaasi tayanib.
“LNT” telekanali ma`lumotida ko`ra, armiyadagi 12 mutaxassislik ayollar uchun juda qulay.
Armiyada oylik maosh 900 evrodan boshlanishi, ayollarga esa qator imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar, shuningdek, muddatidan avval pensiyaga chiqish imkoni berilishi ta`kidlanmoqda.