Shu kunlarda tez tibbiy yordam ishini kompleks takomillashtirish doirasida koll-markazlarining dispetcherlarini o`qitish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Markazning 80 nafar xodimini o`qitish uchun kompyuter savodxonligini oshirish, psixologik mashqlar va boshqa yo`nalishlarda treninglar tashkil qilindi.
Bundan tashqari, tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish maqsadida 11,9 million dollarlik loyiha doirasida Ford rusumli 150 ta reanimobil mamlakatga etkazildi. Shundan 69 tasi Toshkentga ajratilgan. Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan barcha brigadalar maxsus dasturli planshetlar bilan ta`minlanadi.
Bugungi kunda ikkita maxsus reanimobil videokameralar bilan jihozlangan bo`lib, ular favqulodda holatlarda tez tibbiy yordam stansiyasi katta shifokori bilan bog`lanish imkonini beradi.
11.02.2021, 18:06
Avvalroq, Toshkent shahar hokimining 2021 yil 14 yanvardagi 21-sonli qaroriga muvofiq, Ibrohimov Jahongir Bahodirovich Yunusobod tumaniga hokimi lavozimiga tayinlangani haqida yozgan edik.Uning o'rniga Saidjamol Sultonov...08.02.2021, 15:43
Joriy yilning 8 fevral kuni soat 13:00larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent hamda Ohangaron ko`chalari kesishmasida, haydovchi, 1962 yilda tug`ilgan B.A. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobil...06.02.2021, 18:28
2021 yil 03 fevral kuni soat 16:00 larda noma`lum shaxslar bir guruh bo`lib, oldindan jinoiy til biriktirib, Yakkasaroy tumani Cho`pon ota ko`chasining poezd temir yo`li...31.01.2021, 12:52
O`zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatining shifokorlar bilan ta`minlanganlik darajasi respublika bo`yicha 95 foizga ko`tarildi. Jumladan, Buxoro va Namangan viloyatlarida bu ko`rsatkich 100 foizga, Andijon viloyatida 99...