Му5
4

Yo`qolib qolgan samolyot halokatga uchragani ma`lum bo`ldi

Dunyo 10.12.2019, 12:30
Теглар: aviahalokat, Chili
701
Yo`qolib qolgan samolyot halokatga uchragani ma`lum bo`ldi

 

Bortida 38 kishini olib uchgan Chili harbiy samolyoti bilan aloqa yo`qolib qolgan edi. Samolyot Antarktikaga ketishda qulab tushgan. Bu haqda «RIA Novosti» Chili harbiy-havo kuchlariga asoslanib xabar bergani aytilmoqda.

Etti soatlik qidiruvlar natija bermaganidan so`ng Chili harbiy-havo kuchlari samolyot halokatga uchragan degan to`xtamga keldi.

«C130 Hercules» samolyoti 9 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:55 da parvoz qilgan, soat 18:13 da esa aloqa uzilib qolgandi. Samolyot Punto-Arenasdagi Chabunko bazasidan Antarktikadagi havo bazasiga uchgandi. Samolyot bortida 38 kishi bo`lgan: 17 nafari ekipaj a`zosi, 21 nafari yo`lovchi.

Chili harbiy-havo kuchlari bilan birga milliy va xalqaro samolyot va kemalar qidiruvga jalb etilgan. Ular aviahalokat yuz bergani ehtimolda tutilayotgan hududda tirik qolganlarni qidirmoqda.

«C130 Hercules» — AQShda ishlab chiqarilgan o`rta va uzoq masofaga parvoz qiluvchi harbiy transport samolyoti. AQSh va NATO hamda bir qator mamlakatlarning asosiy harbiy transport samolyoti hisoblanadi. Chili HHK ixtiyorida bunday samolyotlardan ettitasi bor.

Шарҳлар

Kanadadagi aviahalokatda vafot etgan o`zbeklar shaxsi va qarindoshlari aniqlanmoqda

02.12.2019, 11:53

Xabaringiz bor, o`tgan hafta Kanadada bortida 7 nafar o`zbekistonlik bo`lgan engil samolyot halokatga uchradi. Ushbu holat yuzasidan TIV qo`shimcha ma`lumotlarni taqdim etdi.O`zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi...
Kanadadagi aviahalokat oqibatida halok bo`lgan o`zbek oilalari haqida rasmiy ma`lumot berildi

29.11.2019, 12:52

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kanadaning Ontario provinsiyasida engil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida halok bo`lgan o`zbekistonliklar haqida rasmiy ma`lumot berdi. Unga ko`ra, mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi engil motorli shaxsiy...