Му5
4

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

Siyosat 11.12.2019, 09:00
Теглар: ​Korrupsiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi
742
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O`zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoni bilan 2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilingan. 

Shunga ko`ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida  «Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz» shiori ostidagi oylik doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 10 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong`in xavfsizligi institutida «Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz» mavzusidagi davra suhbati o`tkazildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Tuygun Kurbanov, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi a`zosi Umid Sulaymonov, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o`rinbosari polkovnik Abduraxim Muminov, O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo`lim prokurori adliya mayori Rustamjon Kamolov, O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo`lim prokurori adliya mayori Shavkat Rajabov, Toshkent shahar Sergeli tumani prokurorining o`rinbosari kapitan Asror Turg`unov, Sergeli tumani prokurorining yordamchisi leytenant Otabek Boboqulov, FVV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Yong`in xavfsizligi instituti professor-o`qituvchilari, kursantlari hamda OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Ushbu davra suhbatini o`tkazishdan maqsad – davlat organlari va tashkilotlarning mas`ul xodimlari tomonidan ishga qabul qilinganidan so`ng hamda muayyan vaqt o`tganidan so`ng, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, ta`lim muassasalarining o`quv dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus kurslarini kiritish, barcha ta`lim muassasalari, yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish, yoshlar o`rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida respublika miqyosida tanlovlar va musobaqalar o`tkazishga qaratilgan masalalarni  muhokama qilishdan iborat.

Tadbir davomida so`zga chiqqanlar tomonidan ta`kidlanganidek, bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy o`sishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, qolaversa jamiyatdagi ma`naviy muhitni buzilishiga olib keladi. Korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko`zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig`indisi ekanligi, ayni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligi borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

Tadbir yakunida ishtirokilarga «Korrupsiya-umr zavoli» nomli videolavhalar namoyishi havola etildi hamdakorrupsiya holatlarining yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadigan hozirgi kundagi mavjud muammolar va ularning echimlari to`g`risida fikr-mulohazalar almashdilar.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 

Yong`in xavfsizligi instituti

matbuot xizmati

Шарҳлар

Farg`onada ikkita korrupsiyaning oldi olindi

25.12.2019, 12:01

Uza muxbirlarining xabar berishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Farg`ona viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Zarkent agrosanoat kasb-hunar...
FVV Samarqandda 9 yoshli bolaning hayotini qutqarib qoldi

29.11.2019, 15:31

2019 yilning 28 noyabr kuni soat 21:00 da Samarqand viloyati Samarqand shahri Sug`diyona mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.M. viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga qo`ng`iroq...
FVV “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni oshirishni so`radi

21.11.2019, 10:10

Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni oshirishni so`radi.O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati tomonidan bergan ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yil 21-25 noyabr kunlari A-373 «Toshkent-O`sh» avtomobil...
Botir Daminov: Oliy ta`limda korrupsiyaga chek qo`yiladi

05.11.2019, 23:05

 Joriy yilning 5 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari Sh.D. Kudbiev va A.A. Abduvaxitov, Davlat xavfsizlik xizmati raisi o`rinbosari, Bosh prokuror o`rinbosari, Oliy va o`rta...