Му5
4

Sergelida bugun “Tashpolizolkrovel”ga qarashli korxona xududida 5 tonnali sig`imda saqich yondi

Jamiyat 11.12.2019, 10:09
304
Sergelida bugun “Tashpolizolkrovel”ga qarashli korxona xududida 5 tonnali sig`imda saqich yondi

Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi Poytaxt hududida 2019 yil 10 dekabr kunidan 11 dekabr kuniga qadar sodir bo`lgan yong`inlar haqida ma`lumot berdi.

Toshkent shahrida o`tgan sutka davomida 1 ta yong`in holati qayd etilgan bo`lib, yong`inda insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

11 dekabr kuni soat 07:00da, Sergeli tumani, Daryo bo`yi ko`chasi 37-uyda joylashgan “Tashpolizolkrovel” MChJga qarashli korxona xududida 5 tonnali sig`imda saqich yongan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 07:09da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 07:18da qurshab olinib, soat 07:24da bartaraf etilgan.

Yong`in texnologik jarayonini buzilishi oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 4 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek, fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.

 

Шарҳлар