Му5
4

Farg`onada tadbirkor o`z hisobidan 1,2 mlrd. sarflab yangi o`quv binosi qurib berdi

Jamiyat 11.12.2019, 10:34
Теглар: Maktab, Farg`ona, tadbirkor
441
Farg`onada tadbirkor o`z hisobidan 1,2 mlrd. sarflab yangi o`quv binosi qurib berdi

Tadbirkor Saidmahmud Sultonov o`z mablag`lari hisobidan 1 milliard 200 million so`m ajratib, Buvayda tumanidagi 45-umumta`lim maktab hududiga qo`shimcha 120 o`ringa ega bo`lgan zamonaviy o`quv binosi qurib berdi. 

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Buvayda tumanida bo`lib o`tgan bayram tadbirida S.Sultonovga mamlakatimizda ta`sis etilgan “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Ko`krak nishoni topshirilish marosimida Farg`ona viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i M.Turdimatov hamda Buvayda tumani hokimi B.Ibragimov ishtirok etdi.

Tadbirkor S.Sultonov Xalq ta`limi vaziri Sh.Shermatovga bu berilgan e`tibor uchun alohida minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi ishlarida ham ta`lim muassasalariga yordam berish va ko`maklashishini ta`kidlab o`tdi.

Шарҳлар

Farg`onada telefon o`g`irlab qochgan shaxs voqea joyida qo`lga olindi

17.01.2020, 17:36

Farg`ona viloyatining Qo`qon shahridagi "Istiqlol" savdo majmuasida fuqaroning cho`ngagidagi uyali aloqa vositasini o`g`irlab, qochib ketmoqchi bo`lgan shaxs IIV xodimi tomonidan ushlab qolindi. Bu haqda Farg`ona...
Joriy yil III chorakdan boshlab maktablarda fanlar ixtiyoriy o`qitiladi

02.01.2020, 19:07

Xalq ta`limi vaziri buyrug`i bilan 2020 yilning uchinchi choragidan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o`qitiladi. Mazkur tajriba-sinov o`quv yili yakuniga qadar o`tkaziladi. Bu haqda...
Andijonda maktabning eski omboridan qo`l granatasi topildi

24.12.2019, 09:41

Andijon viloyati Asaka tumani IIB hamda IIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining viloyat hududiga xizmat ko`rsatish bo`yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan 11-sonli maktab tekshirilganida, ta`lim muassasasining...
Farg`onada sifati kafolatlanmagan gaz hisoblagichlar fosh etildi

21.12.2019, 11:46

Farg`ona viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.D. boshqaruvidagi “Ford  Tranzit” rusumli  yuk...