Му5
3

Buxoroda bir necha yil qamoq jazosini o`tagan organ xodimi oqlandi

Jinoyat 11.12.2019, 11:23
588
Buxoroda bir necha yil qamoq jazosini o`tagan organ xodimi oqlandi

Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyat sudining 2014 yil 18 apreldagi hukmiga ko`ra, Sh.Yaxyoev, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llagan holda 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan. Jinoyat kodeksining45-moddasini qo`llab, 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash xuquqidan mahrum qilingan. 

Sudning hukmiga ko`ra, Sh.Yaxyoev o`z jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida, shu kuni Romitan tumani, Amir Temur ko`chasida soat 1400 larda I.Norovning tog`asi A.Norov bilan uchrashib, unga Romitan tumani IIB xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda neft mahsuloti sotayotganda ushlangan jiyani I.Norovga engilroq chora ko`rilishida ko`maklashish evaziga 3 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag`ni pora tariqasida berishini talab qilib, uning bu borada 3.000 emas balki 2.000 AQSh dollari berishi haqidagi roziligini olishga erishib, shu kuni soat 600larda Romitan tumani Amir Temur ko`chasida fuqaro A.Norov vositachiligida 2.000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan.

O`zbekiston Respublikasi JKning 9-moddasida shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishi uchungina javobgar bo`lishi ko`rsatilgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining mazkur jinoyat ishi yuritilgan vaqtda amalda bo`lgan 1997 yil 2 maydagi “Sud hukmi to`g`risida”gi qarorining 2-bandida sudlar hukm chiqarishda ish bo`yicha haqiqiy holatni aniqlash to`g`risidagi jinoyat prosessining muhim tamoyillariga amal qilishga majburliklari, ushbu tamoyillarni buzishlik hukmni qonuniy emas, deb topishga asos bo`lishi, 6-bandida qo`yilgan ayblovda sudlanuvchining aybdorligi to`g`risidagi shubhani bartaraf qilishning imkoni yo`qligi haqidagi sudning asoslantirilgan xulosasi oqlov hukmi chiqarish uchun asos bo`lishi, 11-bandida jinoyatni Jinoyat kodeksining u yoki bu moddasi, uning qismi yoki bandi bilan tavsiflash bo`yicha sudning asoslantirilgan xulosasi ayblov hukmining tavsif qismining muhim belgisi hisoblanishi, bunda aybdorning harakatlari nima uchun aynan shu modda, qism, band bilan tavsiflanayotganligi aniq ko`rsatilishi kerakligi, sudlanuvchini jinoyatni baholovchi kategoriyalarga tegishli (masalan, jiddiy ziyon,og`ir oqibatlar va b.q.) belgilarga qarab aybdor deb topganida, sud ushbu belgining jinoiy qilmishda bo`lishligiga olib kelgan asoslarni ham keltirishi shartligi tushuntirilgan. 

Biroq, birinchi instansiya sudi sudlanuvchiga nisbatan ayblov hukmi chiqarishda qayd etilgan Qonun talablari va Oliy sud Plenumining rahbariy tushuntirishlariga rioya qilmagan. 

O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasiga muvofiq, qilmishida jinoyat tarkibi bo`lmagan shaxs aybsiz deb topilishi lozim. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyat sudi kassasiya sudlov hay`atining 2019 yil 7 noyabrdagi ajrimiga ko`ra Sh.Yaxyoevning qilmishida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining “b” bandida ko`rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo`lmaganligi sababli jinoyat ishi O`zbekiston Respublikasi JPK 83-moddasining 2-bandiga asosan tugatilib, Sh.Yahyoev oqlandi.

 

 

Шарҳлар