my5

Toshkentda tadbirkor o`zi o`qigan maktabni 7 mlrd. so`m ajratib qayta ta`mirladi. Bunaqa maktab hali bo`lmagan (foto)

Jamiyat 11.12.2019, 12:06
Теглар: Toshkent, Maktab, tadbirkor
11429
Toshkentda tadbirkor o`zi o`qigan maktabni 7 mlrd. so`m ajratib qayta ta`mirladi. Bunaqa maktab hali bo`lmagan (foto)

Toshkent shahar Uchtepa tumani 81-sonli maktab tadbirkor Isroil Yunusov hisobidan to`liq ta`mirdan chiqarildi. Bu haqda maktab rahbari Ziyoda Haydarova ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, sahovatpesha tadbirkor ushbu maktabni 1991 yilda a`lo baholar bilan tamomlagan. Bugungi kunda “Real house”kompaniyasini boshqarib kelayotgan Isroil Yunusov o`zi o`qigan maktabni otaliqqa olib, maktabni  milliy va zamonaviy me`morchilik an`analarini o`zida aks ettirgan holda to`liq kapital ta`mirladi va  2019-2020 o`quv yiliga qisqa muddatlarda tayyorlab berdi.

      Maktab binosining 36696 kv.m fasad qismi  to`liq ta`mirlandi, ichki pardozlash ishlari olib borildi. Isitish tizimi tashqi quvurlari  va binoning ichki quvurlari almashtirildi va izolyasiya qilindi. 

    

 

    Muassasa hududi zamonaviy milliy an`analarimizni o`zida aks ettirgan temir panjaralarga  almashtirildi. Zinalar va zina tutqichlari zamonaviy qiyofa aks ettirilgan holga keltirildi.

Maktab oshxonasi kengaytirildi, zamonaviy oshxona jihozlari urnatildi . O`quvchilar ovqatlanishlari uchun 150 o`rinli yangi oshxona jihozlari sotib olindi.

   Maktabning sport zali, kiyinish  va yuvinish xonalari to`liq ta`mirdan chiqdi.

     Faollar zali to`liq ta`mirlandi va zamonaviy jihozlandi. Muassasada  tashqi futbol  sport maydonchasi  barpo etildi.

  Maktabning bir qavatli qushimcha binosida yangi kutubxona qilinib, boshlang`ich va yuqori sinflariga alohida-alohida  kitob mutolaasi uchun sharoit yaratildi.

   Shuningdek,  o`quvchilar kurash, gimnastika sport to`garaklarida shug`ullanishlari uchun maxsus xonalar, o`quvchilar rus va o`zbek tillarida ta`lim oladigan sinflar uchun qo`shimcha dars qiladigan mashg`ulot xonalari zamonaviy ta`mirlandi.

“Barcha bajarilgan  ishlar beg`araz homiylik yordamida amalga oshirilganligi ota-onalar, o`quvchi va o`qituvchilar uchun quvonch bag`ishlab , kelgusida yuqori cho`qqilarni egallashiga zamin bo`ladi degan orzu umidlar bilan jamoa mehnat qilmoqda”, — deydi maktab direktori Ziyoda Haydarova

Шарҳлар

Toshkentda taqiqdagi «Malibu-2»ni sotgan shaxsga jinoiy ish ochildi

25.09.2020, 22:50

Toshkentda 41 yoshli erkak taqiqdagi mashinani sotgani uchun jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.Ma`lum bo`lishicha, 25 mart kuni Shayxontohur tumanida 41 yoshli...
Toshkentdagi ko`chalardan biri ikki haftaga yopiladi

16.09.2020, 22:17

 Toshkentdagi ko`chalardan biri ikki haftaga yopiladi.Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati habar bermoqdaYo`l ta`mirlash ishlari sababli 2020 yilning 17 sentyabridan 1 oktyabr kunigacha Toshkent viloyati Sergeli...
Joriy yil III chorakdan boshlab maktablarda fanlar ixtiyoriy o`qitiladi

02.01.2020, 19:07

Xalq ta`limi vaziri buyrug`i bilan 2020 yilning uchinchi choragidan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o`qitiladi. Mazkur tajriba-sinov o`quv yili yakuniga qadar o`tkaziladi. Bu haqda...
Andijonda maktabning eski omboridan qo`l granatasi topildi

24.12.2019, 09:41

Andijon viloyati Asaka tumani IIB hamda IIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining viloyat hududiga xizmat ko`rsatish bo`yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan 11-sonli maktab tekshirilganida, ta`lim muassasasining...