O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “HUMAN xususiy bandlik Agentligi” MChJ rahbari Sh.Fayzullaevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi bo`yicha ayblov xulosasi Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan 11.12.2019 yilda tasdiqlanib, Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudiga yuborildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Jabrlanuvchilarga etkazilgan zararni qoplash maqsadida ayblanuvchi Sh.Fayzullaevga tegishli bo`lgan xonadonlar, avtomashinalar, qimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan.
Mazkur jinoyat ishidan jabrlanuvchilarga zararni to`lik qoplash maqsadida«HUMAN xususiy bandlik Agentligi» MChJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda ko`p miqdordagi pul mablag`lari 11 ta xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga turli-xil yo`llar bilan ko`chirish orqali o`zlashtirilgan qismi tadbirkorlik sub`ektlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishini qo`zg`atgan xolatda alohida ish yurituvga ajratildi.
Hozirda tergov va sudda ko`rilayotgan jinoyat ishlari doirasida hamma jabrlanuvchilarga etkazilgan zararlarni qoplash choralari ko`rilmoqda.
15.09.2020, 21:55
Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning V2 darajasiga ega bo`lgan nomzodlarga chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beriladi.Kirish imtihonini xolis, ochiq va shaffof o`tkazilishini ta`minlash maqsadida Akademiya...20.02.2020, 18:27
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i Z.Y.ning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura...16.12.2019, 12:08
“Facebook” ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Dilmurod Saidov sahifasi orqali o`zi bilan bog`liq sud qarorlaridan norozi bo`lib bir nechta “post” e`lon qilgan.Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha,...27.11.2019, 10:48
Xabaringiz bor, bir muddat avval internet tarmog`ida J.Artikxodjaevning jurnalistlarga tahdid qilgani aks etgan audioyozuv tarqalgan edi.Unga nisbatan bir qancha davlat va jamoat tashkilotlari munosabat ham...