Joriy yilning 8 dekabridan boshlab AQShning SNBC (“Consumer News and Business Channel”) telekanali O`zbekistonga bag`ishlangan oltita filmni efirga uzatishni boshladi.
Mazkur hujjatli filmlarda yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, so`nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ro`y berayotgan o`zgarishlar taniqli xorijiy jurnalistlar talqinida namoyish qilinmoqda.
Mazkur filmlarda O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasidagi munosabatlardagi ijobiy o`zgarishlar ham o`z aksini topgan. Filmlar amerikalik mashhur jurnalist va teleboshlovchi Rayan Chilkot tomonidan suratga olingan. U ushbu filmlarni yaratish uchun O`zbekiston va Afg`onistonga bir necha bor tashrif buyurgan.
Yana uchta film Buyuk Britaniyaning Imotus kinokompaniyasi tomonidan SNBC telekompaniyasi buyurtmasiga asosan suratga olingan.
O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi va “O`zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu filmlar xalqaro hamjamiyatni O`zbekistonda yuz berayotgan yangilanishlar jarayoni, shuningdek, Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan keng ko`lamli siyosiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega, – dedi ijodiy hamkorlardan biri – Belgrave Europe kompaniyasi xalqaro aloqalar bo`yicha mutaxassisi Fred Xarrison.
– Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida dunyoning turli hududlaridan xorijiy jurnalistlar, kinematograflar kelayotgani quvonarli hol, – dedi “O`zbekkino” milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov. – Biz har doim bunda tashabbuslarni qo`llab-quvvatlaymiz va ularga qo`limizdan kelgunicha yordam beramiz.
Eslatib o`tamiz, CNBC telekanalida O`zbekiston haqidagi filmlar Vashington vaqti bilan shanba va yakshanba kunlari (14,15, 21, 22, 28 dekabr) 21:15 da, dushanba kunlari (16, 23 dekabr) 23:30 da namoyish qilinadi.
09.12.2020, 22:22
Joriy yilning 8 dekabr kuni Farg`ona shahrida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi...26.11.2020, 00:29
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 1 noyabr holatiga O`zbekiston 11 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 19,0 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 86,8 ming tonna...25.11.2020, 07:30
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 25 noyabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:TOShKENT ShAHRIHavo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qor yog`ishi mumkin. Kechasi va...18.11.2020, 22:29
Toshkent vaqti bilan 22:10 da Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.Zilzila koordinatalari: 39,86 gradus shimoliy kenglik; 68,9 gradus...