AsosiyJamiyat

Muftiy Usmonxon Alimov oilasida katta yo`qotish

'Muftiy Usmonxon Alimov oilasida katta yo`qotish'ning rasmi

Muftiy Usmonxon Alimovning oilasida katta yo`qotish yuz berdi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining ukasi Sultonxon Alimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etdi.

“Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o`zlariga hamroh aylab, O`z mag`firatiga olsin.

Haq taolo marhumning ahli-ayoli, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.

O`zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o`qituvchi-mudarrislari nomidan muftiy hazratlariga va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi xabarda.

Janoza namozi 2019 yil 13 dekabr kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog`ida bo`ladi.

Fursatdan foydalanib, “Darakchi” jamoasi ham Muftiy Usmonxon Alimovning yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

 

    Boshqa yangiliklar