AsosiyJamiyat

Qozog`istonda O`zbekiston Oliy Majlisi deputatligi uchun ovoz berish boshlandi

'Qozog`istonda O`zbekiston Oliy Majlisi deputatligi uchun ovoz berish boshlandi'ning rasmi

Qozog`istonda 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga muddatidan avval saylovlar boshlandi, deb xabar bermoqda Kazinform’ga tayannib O`zA.
“Fuqarolarga imkon qadar qulay sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasining Nur-Sulton shahridagi elchixonasi tomonidan 12-18 dekabr kunlari oralig`ida Qozog`iston Respublikasi hududlarida muddatidan avval saylovlar tashkil etiladi”, - deyilgan xabarda.
Elchixonaning ma`lum qilishicha, joriy yil 12 dekabr kuni Qozog`iston Respublikasi Qarag`andi va Jambil viloyatlari hududida vaqtincha va doimiy yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari muddatidan avval ovoz berishni boshlagan.
Qarag`andidagi muddatidan avval saylovlar “Bolashaq” akademiyasi (Erubaev k., 16/6) binosida va Temirtau shahridagi QarDIU (Respublika shoh ko`chasi, 30) binosida o`tkazilmoqda. Taraz shahrida esa “Shaxbaz” MChJ binosida (X.Bekturg`anov, 10) saylov uchastkasi tashkil etilgan.
O`zbekiston Respublikasi elchixonasining ma`lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan 16:00 da mazkur hududlarda 404 nafar o`zbekistonlik fuqarolar ovoz berishgan. Ertaga, 13 dekabr kuni Turkiston shahridagi Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti binosida (B.Sattarxanov, 29) mahalliy vaqt bilan 09:00-13:00 oralig`ida muddatidan avval saylovlar uchastkasi tashkil qilinadi.
O`zbekiston Respublikasining Qozog`iston Respublikasidagi elchixonasi Qozog`istonga vaqtincha kelgan yoki doimiy tartibda istiqomat qiluvchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini 2019 yil 22 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi elchixonasi binosida bo`lib o`tadigan saylovda ishtirok etishga chaqiradi. Manzili: Nur-Sulton shahri, Layli-Majnun ko`chasi, 7-uy.

Boshqa yangiliklar