my5

Navoiyliklardan shahar hokimi uyga keluvchi mehmonlar uchun ham soliq olayotgani aytilmoqda

Jamiyat 13.12.2019, 09:00
Теглар: hokim, Navoiy, Soliq, mehmon
1405
Navoiyliklardan shahar hokimi uyga keluvchi mehmonlar uchun ham soliq olayotgani aytilmoqda

Navoiy shahri hokimi yangi qaror chiqardi. Bu qaror shahardagi oilaviy yotoqxonalarda yashovchilarning haqli noroziligiga sabab bo`lmoqda. Bu haqda «Daryo» yozmoqda.

Ma`lum qilinishicha, endi navoiyliklar uyiga mehmon olib kelsa, mehmon uchun ham alohida pul to`laydi.

Shahar hokimligi huzuridagi oilaviy yotoqxonalarda yashovchilar bir kishilik joy (koyka) uchun 72 ming so`m to`laydi. Yotoqxonada doimiy yashovchi oilalar esa oyiga 144 ming so`mdan 450 ming so`mgacha to`lov qiladi.

— Endi uyga mehmon kelsa va mehmon uyimizda 4 soatdan ortiq qolsa, mehmon uchun ham alohida to`lov qilarkanmiz, — deydi yotoqxonada yashovchilardan biri.

Hokim qarorida ko`rsatilishicha, mehmon uchun mezbon bir kunga  3 000 so`m to`laydi.

— Ba`zilar ota-onasiga qarashga to`g`ri keladi, ba`zilar esa farzandiga. Bunday paytda juda noqulay, ortiqcha xarajat bo`lyapti. Axir farzandmiz ota-onamizga vaqtincha bo`lsa-da qarashga to`g`ri keladi, — deydi 3-yotoqxona 420-xonadonda yashovchi S. Ochilov.

Yotoqxonada yashovchilarni mehmon uchun pul to`lashga majburlash — og`ir sharoitda yashayotganlarni qiynab qo`yayotgani ta`kidlanmoqda.

— Olis tumandan qarindoshlarim tibbiy klinikaga ko`rikka kelgan edi. Ular kech kirib qolgach, biznikida qoldi. Mehmonlarimiz uchun pul to`lab keldim, o`zim yolg`iz ayolman, sharoitim og`ir, — deydi 709-xonadonda yashovchi B. Normatova.

Yotoqxonada yashovchilarning shikoyat qilishicha, yotoqxona uchun alohida to`lov amalga oshirilsa ham yashovchilar koridor, oshxona va hojatxonani yuvishga ishlatiladigan tozalash vositalari uchun pul to`lashga majbur qilinmoqda.

— Shuncha pul to`laganga yarasha yotoqxona sharoiti arzimaydi-da, — deydi aholi vakillari.

Aytilishicha, shaharning Ibn Sino ko`chasidagi 1, 2, 3-oilaviy yotoqxonalardagi lift bino qurilgan vaqtdan beri ishlamaydi. Binoning qurilganiga 50 yil bo`lgan. Liftning nosozligi tufayli 3-yotoqxonada bir kishi halok bo`lgan.

— Mazkur yotoqxonaga yangi lift o`rnatilganiga 3 yildan oshgan bo`lsa-da hali-beri ishga tushirilmagan, — deyishmoqda aholi.

Шарҳлар

Navoiyda "Lada Largus" haydovchisi tuyani urib yubordi

14.10.2020, 21:49

Joriy yilning 14 oktyabr kuni soat 10:00 larda, Navoiy viloyati, Konimex tumani hududidan o`tuvchi A-379 avtomobil yo`lining 81-kilometrida “Konimex-Zarafshon” yo`nalishida, haydovchi, 1965 yilda Navoiy viloyati,...
Navoiyda «Nexia» haydovchisi 49 yoshli shifokorning hayotiga zomin bo`ldi

11.10.2020, 16:55

Navoiyda tezlikni oshirgan “Nexia” haydovchisi belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda YHXBB.Qayd etilishi, 2020 yilning 6 oktyabr kuni Navoiy viloyati...
Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi

06.02.2020, 20:49

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimligi xodimining fuqaro bilan telefon orqali muloqot chog`ida odob-axloqqa zid bo`lgan so`kinish holati yozilgan audioyozuv tarqaldi.Viloyat...
Andijon viloyati hokimi o`z stipendiyasini joriy etdi

18.12.2019, 20:39

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi oliy o`quv yurtlari talabalari uchun stipendiya ta`sis etdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.Viloyat hokimi viloyatdagi oliy o`quv yurtlarida tahsil...