my5

Toshkentda “sehrgar”ga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

Jamiyat 13.12.2019, 11:28
Теглар: Toshkent, sehrgar
1394
Toshkentda “sehrgar”ga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

Yolg`on ishlatib tilla va pullarni olgan "sehrgarga" nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Keltirilishicha, Mirobod tumani IIO FMBga 28 yoshli Zilola A. murojaat qilgan. U o`z arizasida unga bir yigitni "isitib" berishni va`da qilgan 20 yoshli Valentina S.ga nisbatan chora ko`rishni so`radi. Valentina S. o`z "xizmatlari" uchun Ziloladan 450.000 so`m va umumiy qiymati 32.890.000 so`m bo`lgan tilla taqinchoqlar olgan. Ammo "sehrgar" o`z va`dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz firibgarlik qurboni bo`lgan bo`lsangiz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling”, — deya ogohlantirmoqda IIBB

Шарҳлар

Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

16.12.2019, 11:35

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...
Toshkentda 7 yoshli sportchi MMA yulduzi Murod Xonto`raevni kurashga chorladi (foto va video)

13.12.2019, 14:10

Joriy yil 11 dekabr kuni MMA chempioni, taniqli sportchi Murod Xonto`raev Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil...
Toshkentda ko`ngilochar maskanlar 24 soatlik rejimga o`tkaziladi

12.12.2019, 15:05

Avval xabar berganimizdek,  “O`zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaror loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent shahrini yosh turistlar tashrif buyuradigan Markaziy Osiyodagi...
Ekopartiya a`zosi Toshkentga keluvchilar uchun yangi tizimni taklif qildi, bloger unga javoban “viloyatliklarning pasporti qora bo`lsachi?” demoqda

11.12.2019, 18:36

Xalqaro press klubni navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etish bo`yicha o`zining yangicha taklifini bildirdi."Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin...