Bolalar guruhi solisti, sobiq Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po`latov yurak kasalligi sabab Moskvaga olib ketilgani xabar qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar e`lon qilinganidan so`ng keng muhokamalarga sabab bo`ldi.
Ammo, ma`lumotlar xato bo`lib chiqdi.
“7News.uz”muxbiri bilan telefon orqali suhbatlashgan Bahodir Po`latov oshqozondagi muammo sababli rostdan juda og`ir ahvolda qolgani va buning uchun Moskvaga borgani va u erda jarrohlik amaliyoti o`tkazilganini ta`kidlagan.
Lekin, bu voqea avvalroq bo`lganini hamda ayni paytda Toshkentda o`z uyida, oilasi davrasida ekani, ahvoli esa ancha yaxshi ekanligini bildirdi.
O`z navbatida u tez kunlarda sog`ligini to`la tiklab olishi haqida ham aytib o`tdi. Biz ham unga sog`lik tilab qolamiz.