Му5
3

Qirg`izistonning sobiq prezidenti qotillikda ayblanmoqda

Dunyo 13.12.2019, 19:27
Теглар: Almazbek Atambaev, qotil, prezident
745
Qirg`izistonning sobiq prezidenti qotillikda ayblanmoqda

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev qotillikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Qo`y-Toshdagi voqealar bo`yicha davlat komissiyasining faoliyati yakunlari muhokamalari chog`ida ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliev ma`lum qildi, deb yozadi «Vecherniy Bishkek»ka tayanib Daryo. Vazirning so`zlariga ko`ra, ballistik ekspertiza natijalari «Alfa» maxsus xizmati boshlig`i o`rinbosari Usen Niyazbekovning o`limiga olib kelgan o`q Almazbek Atambaev nomiga rasmiylashtirilgan karabin miltig`idan otilganini ko`rsatdi.

Ichki ishlar vaziri otishmani aynan kim amalga oshirgani hozircha aniqlanmaganligini ta`kidlagan.

Qashqar Junushaliev keyinroq huquqni muhofaza qilish organlaridan ishdan bo`shatilgan ichki ishlar vaziri o`rinbosari Kursan Asanov tomonidan aynan ushbu qurol o`qsizlantirganini qayd etib o`tgan.

Шарҳлар

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev yopiq tarzda sud qilindi

30.11.2019, 22:25

 Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev 29 noyabr kuni yopiq eshiklar ortida sud qilindi. Bu haqda reuters.comga tayanib xabar qilinmoqda. U, uyushgan jinoyatchilarning boshlig`i Aziz Batukaevni noqonuniy...
​Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Prezidenti Almazbek Atambaevga hamdardlik bildirdi

01.05.2017, 06:46

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 aprel kuni O`sh viloyati O`zgan tumanida sodir bo`lgan ko`chki oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan Qirg`iziston rahbari Almazbek Atambaevga...