Buyuk Britaniyada amaldagi bosh vazir Boris Jonsonning partiyasi kecha, 12 dekabrda bo`lib o`tgan saylovlarda g`alaba qozondi. Bu esa mamlakat siyosiy xaritasini o`zgaritib, kelasi oydan mamlakat Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqib keta boshlashini anglatadi, deb yozmoqda Bloomberg nashri.
Parlamentda Jonsonning Konservatorlar partiyasi 1987 yildagi Margaret Tetcher davridan buyon ilk marotaba bu qadar ko`p ovozga ega bo`ldi. Ular jami 650 o`rindan 364 tasini egallashdi. Leyboristlar partiyasi 198, Shotlandiya milliy partiyasi 45 o`ringa ega bo`lishdi.