Му5
3

To`qqiz yoshli vunderkind nega universitetni tashlab ketdi?

Dunyo 13.12.2019, 20:31
Теглар: vunderkind, talaba, universitet
939
To`qqiz yoshli vunderkind nega universitetni tashlab ketdi?

Belgiyalik to`qqiz yoshli vunderkind Loran Simons Eyndhoven olti yoshida yuqori sinfga ko`chgan va 18 oyda bu bosqichni to`liq o`qib tugatgan. Bundan keyin u qisqa muddatga tanaffus olgan. Sakkiz yoshida esa Eyndhoven Texnika Universiteti talabasiga aylangan.

Ushbu vunderkind bugungi kunda Texnika Universitetidan ketishga qaror qildi.

Loran Simonsning ota-onasi bola 26 dekabrgacha oliy ma`lumotli bo`lishini xohlagan, chunki shunday bo`lgan taqdirda u 10 yoshga etmay diplom olgan birinchi universitet bitiruvchisi bo`lardi.

Ammo universitet ma`muriyati bolaning ota-onasiga u hali yana bir nechta imtihonlarni topshirishi zarurligi, o`qish esa 2020 yilning o`rtalaridagina yakunlanishini aytgan.

Loranning ota-onasi bunga rozi bo`lmagan va bolaning universitetdagi mashg`ulotlarini darhol bekor qilgan.

Ular o`g`illari o`n yoshda diplomli bo`lishi uchun uch yillik ta`lim kursini 10 oyda tugatishi kerakligini hisoblab chiqishqandi. Bolaning otasi Aleksandr Simonsning gapiga ko`ra universitet ma`muriyati uning OAV vakillariga tez-tez intervyu berib, o`z o`g`li haqida gapirib berishidan norozi.

“Bizga farzandimga juda kuchli bosim o`tkazayotganimiz haqida aytishdi. Agar bu shunday davom etaversa, unda o`g`limizni psixologik ekspertizadan o`kazishga to`g`ri kelar ekan. Agar bola futbolni yaxshi o`ynasa, biz hammamiz unga nisbatan matbuotning qiziqishini yaxshi deb hisoblaymiz. Mening o`g`limda esa boshqacha iqtidor bor. Shunday ekan, nega u bilan faxrlanmasligim kerak?” – degan u De Volksrant gazetasiga bergan intervyusida.

Universitet ma`muriyati jo`natgan xatning ustiga “Yolg`onchilar!” deb yozilgan holda Loranning Instagram’dagi sahifasiga joylashtirilgan.

Ma`muriyati bayonotida Loran oliy ta`limni dekabr oxirigacha tugata olmasligi, bunday qisqa muddatda uning fanlarni to`la miqyosda anglash, ijodiy va tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini o`zlashtirishi imkonsiz ekanligi aytilgan. Agar universitetni juda erta bitirsa, bu uning kelgusidagi akademik karerasiga ta`sir qiladi, deya izoh bergan ma`muriyatdagilar.

Universitet rahbariyati vunderkindning ota-onasini beqiyos iqtidorga ega to`qqiz yoshli o`g`liga haddan ortiq bosim o`tkazmaslikka chaqirmoqda.

Belgiyalik Loran Simons birinchi sinfni boshqa bolalar kabi – bir yil o`qigan. Ammo keyin g`ayrioddiy ishlar sodir bo`la boshladi: uning sinfdoshlari ikkinchi sinf ma`lumotlarini o`zlashtirayotgan bir paytda Loran o`rta maktabning to`liq dasturini o`qib tamomladi.

U olti yoshida yuqori sinfga ko`chgan va 18 oyda bu bosqichni to`liq o`qib tugatgan. Bundan keyin u qisqa muddatga tanaffus olgan. Sakkiz yoshida esa Eyndhoven Texnika Universiteti talabasiga aylangan.

Шарҳлар