Yangi yil arafisida avj oladigan pirotexnika savdosiga qiziqqan yana bir hamyurtimiz qo`lga tushdi. Bu xaqda Davlat bojxona qo`mitasi xabar bermoqda:
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postiga qo`shni davlat hududidan kirib kelgan fuqaro M.S. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, fuqaro ushbu shaxsning M.S.ning o`zi bilan olib kelayotgan qo`l yuklari orasida og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 1990 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.