my5
all

Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

Jamiyat 16.12.2019, 11:35
Теглар: Toshkent, Qiz, pichoq
3464
Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida xabar berildi.

Ma`lum bo`lishicha, qiz yigiti bilan rashk sababli tez-tez janjallashib turgan, shunday janjallardan birida u yigitining telefonini olib qo`ygan.

Shundan so`ng yigit mast holatda tungi soat 03:00 va 04:00 orasida qizning uyiga janjal qilib kelgan. Shuningdek, unga qarshi chiqqan qizning otasini urgan, bundan jahli chiqqan qiz esa sevgilisini pichoqlagan.

Qiz shu kunning o`zidaayoq mazkur harakati uchun qamoqqa olingan. Sud ishni ko`rib chiqqan. Sud qizga to`rt yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Chunki, qizni mahalla va sudning kelishuvi qamoq jazosidan qutqazib qoldi.

Eng qizig`i, jabrlanuvchi yigit hali ham qiz bilan turmush qurish niyatidan qaytmagan, uning ota-onasi ham bunga rozi bo`lgan. Yigit qiz bilan baxtli yashashiga umid bildirmoqda.

Шарҳлар

Namanganda 20 yoshli yigit 4 nafar o`quvchini pichoqladi (video)

23.12.2019, 10:30

20 yoshli yigit o`rta maktabning to`rt nafar o`quvchisiga pichoq bilan jarohat etkazdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Matbuot xizmati ma`lum qildi. Keltirilishicha, Yangiqo`rg`on tumani Bo`ston mahallasida...
Samarqandda erining janjallaridan charchagan xotin uni 2 ta pichoq bilan o`ldirdi (video)

17.12.2019, 09:55

Samarqandda aroqxo`r er o`zining boshiga o`zi etdi. Bu haqda “Markaziy studiya”da voqea tafsilotlari berildi. Unga ko`ra, janjarllardan to`ygan xotin erini pichoqlab o`ldirgan. Bu galgi kamsitish va...
Quyushqondan chiqqan sinfdoshlarga jinoiy ish qo`zg`atildi

15.12.2019, 17:01

Arnasoy tumanining «Zarafshon» qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi sinfdoshlar A.P. va U.Q. ichkilik ortidan avval zo`ravonga, keyin jabrlanuvchiga aylandi.Hammasi mast sinfdoshlarning shu qishloqda istiqomat qiluvchi X.J.ni...
Kosonda joniga qasd qilgan o`quvchi qizning sumkasidan xayrlashuv maktubi chiqqanmidi?

14.12.2019, 20:26

Koson tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni o`z joniga qasd qilish holatlari bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik....