“Facebook” ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Dilmurod Saidov sahifasi orqali o`zi bilan bog`liq sud qarorlaridan norozi bo`lib bir nechta “post” e`lon qilgan.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Fuqaro D.Saidovning sud qarorlaridan norozi bo`lib, “Facebook” ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilingan xabarlari, shuningdek Bosh prokuraturaga yo`llagan murojaati jinoyat ishi hujjatlari bilan birga o`rganib chiqildi.
Unga ko`ra, Jinoyat ishlari bo`yicha Tayloq tuman sudining 30.07.2009 yildagi hukmiga ko`ra, D.Saidov JKning 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 12 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudi apellyasiya instansiyasining 11.09.2009 yildagi ajrimi bilan hukm o`zgarishsiz qoldirilgan.
Oliy sud jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atining 06.09.2019 yildagi ajrimi bilan sud qarorlari o`zgartirilib D.Saidovga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi 11 yil muddatga qisqartirilgan.
D.Saidov murojaatida,tergov va sud bir yoqlama olib borilganligi,asossiz ayblanganligi hamda hujjatlarni qalbakilashtirmaganligini bildirgan.
Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi o`rganib chiqildi. Sud tomonidan D.Saidovning harakatlari to`g`ri kvalifikasiya qilinib, unga nisbatan qonun doirasida jazo tayinlangan.
Jinoyat ishini o`rganish natijasiga ko`ra, sud qarorlariga nisbatan protest keltirish uchun asoslar topilmadi.
15.09.2020, 21:55
Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning V2 darajasiga ega bo`lgan nomzodlarga chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beriladi.Kirish imtihonini xolis, ochiq va shaffof o`tkazilishini ta`minlash maqsadida Akademiya...20.02.2020, 18:27
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i Z.Y.ning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura...11.12.2019, 19:08
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “HUMAN xususiy bandlik Agentligi” MChJ rahbari Sh.Fayzullaevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo`zg`atilgan...27.11.2019, 10:48
Xabaringiz bor, bir muddat avval internet tarmog`ida J.Artikxodjaevning jurnalistlarga tahdid qilgani aks etgan audioyozuv tarqalgan edi.Unga nisbatan bir qancha davlat va jamoat tashkilotlari munosabat ham...