Yulduz Usmonova nega Gulnora Karimovani o`g`ri deya ta`rifladi

Shou-biznes 16.12.2019, 12:43
13329
Yulduz Usmonova nega Gulnora Karimovani o`g`ri deya ta`rifladi

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Daryo» internet-nashri uchun intervyu berdi.

Cuhbat davomida u Gulnora Karimova haqida kuylagan «Gulisan» qo`shig`i buyurtma bo`lgani, o`sha vaqtlarda boshidan nimalar o`tgani haqida gapirib berdi.

Yulduz Usmonova:

— «Gulisan» qo`shig`ini buyurtma qilingan qo`shiq deganman. Mayli, meni yolg`onchiga chiqaringlar, lekin, mening musiqachilarim hali o`lgani yo`q, o`shandan keyin Amerikaga ketib qolganlari bor. Bu erda ishlayotganlari bor, bemalol so`rab ko`rishingiz mumkin. Zokir akani «Afg`on» studiyasida yozganmiz. Qanday bo`lganini ana o`shalardan so`rasangiz aytishadi. Buyurtma qilingan qo`shiq edi. Ijro etish majburiyatimiz bor edi. Men o`sha paytda bir narsa deyishim mumkin edimi, bu erda qizim, nevaralarim bor edi. Nima ham deya olardim. Keyin yurtdan chiqarib yuborishgan, hamma narsamni tashlab ketdim. Kim turib bera oldi? Vallomati ham o`sha paytlarda indamay o`tirdi-ku. Nega faqat meni gapiraverishadi? O`sha paytda kallam ketishini poylashganmidi? Nima qilishim kerak edi?!

… O`lmay qolganimga Xudoga shukr. Men nimalarni yashab o`tmadim. Hammaga gapirish oson. Oson tutganni boshiga solsin, boshiga solsinda ko`rsin.  Gulnoradan alamim yo`q, uning mard taraflari ham bor edi. O`zi esa ham birovga edirmas edi, o`zi chaqsa ham birovga chaqdirmas edi. Shu odatlari bor edi, qo`ldan kelganicha. Lekin, davlat byudjetini o`marib qo`yishdi-da... Men u haqda gapirgan bo`lsam, bilganimni gapirdim. Uni haqorot qilganim yo`q. Xalqni pulini qaytarib ber, bola-chaqang bilan bemalol yasha.

Шарҳлар