my5

Andijonda naryaddagi posbonlar yonayotgan uyda bilmay uxlab yotganlarni qutqarib oldi

Jamiyat 16.12.2019, 13:37
Теглар: Yong`in, Andijon
1058
Andijonda naryaddagi posbonlar yonayotgan uyda bilmay uxlab yotganlarni qutqarib oldi

Andijon viloyati IIB PPX va JTSB JTSB batal­oni xodimlari, safdorlar Muhammadjon Azimov va San`atbek Tojiboev piyoda patrul naryadi tarkibida xizmat olib borayotganida tungi soat 2.00 bo`lib qolgandi. Birdan naryad boshlig`i safdor M. Azimov sherigiga yuzlandi:

– Sezyapsanmi, kuyindi hidi kelyapti?

– Balki xazon tutayotgandir? – taxmin qildi S. Tojiboev.

Sergaklikni kuchaytirgan naryad yo`lda davom etdi. Ichki sezgi osoyishtalik posbonlariga pand bermagan edi: Pushkin ko`chasidagi 16-uyning panjara o`rnatilgan derazasi darchasidan quyuq tutun buralib chiqardi.

– Rasiya orqali navbatchilik qismiga xabar qil! – buyurdi safdor M. Azimov sherigiga, o`zi esa darvozani taqillata boshladi. Eshikni hech kim ochmasdi. Bu orada safdor S. Tojiboev PPX batalonining navbatchilik qismiga hodisa yuzasidan xabar qildi.

Osoyishtalik posbonlari eshikni bir amallab ochishga muvaffaq bo`lishdi. Uyning hovlisi va asosiy imoratlar olov ichida qolgandi.

PPX xodimlari dadil harakat qilib tutun bilan qoplangan hovliga kirishdi, tashqariga qaragan xonalarning eshiklarini taqillata boshlashdi. Shu payt bir yigitcha javob qaytardi.

– Nima bo`ldi? – so`radi u uyquli ko`zlari bilan xizmat kiyimidagi xodimlarga hayratlanib qararkan.

– Uyingizda yong`in sodir bo`lgan, oilaning boshqa a`zolarini ham uyg`oting!

Xodimlar sanoqli daqiqalar ichida ikki bolani tashqariga olib chiqishdi. Oilaning qolgan a`zolarini qutqarish maqsadida yonayotgan uyning hovlisiga qaytishga urinishdi, ammo o`tish yo`lini ham alanga qoplab olgandi.

Vaqtni yo`qotishni halokatli ekanini his qilgan xodimlar qo`shnilarning eshigini taqillata boshladi. Ulardan narvon olib, gurillab yonayotgan uyga tom orqali oshib tushishdi. Osoyishtalik posbonlari yong`in o`chiruvchilar kelgunga qadar qo`shni uyning tomiga tiralgan narvon orqali ikki nafar voyaga etmagan bolani va eru xotinni qutqarishga ulgurishdi.

Hodisa joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar guruhi o`n daqiqa ichida yong`inni bartaraf etishdi. Xodimlarning aniq va professional darajada amalga oshirgan sa`y-harakatlari bilan barcha oila a`zolarining hayoti saqlab qolindi.

Osoyishtalik posbonlari o`sha mushkul vaziyatda o`z hayotlari haqida o`ylamaganini, na sarosima, na qo`rquvni his etishganini, eng muhimi, odamlarni qutqarish o`yi bilan harakat qilganini e`ti­rof etishdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yuz bergan yong`in elektr tarmog`idagi qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqani aniqlandi.

Xo`sh, jasorat ko`rsatgan qahramonlarimiz kimlar edi?

Safdor Muhammadjon Azimov Andijon tumanida tug`ilgan. Andijon aloqa kasb-hunar kollejini tamomlab, ishlab chiqarish sohasida mehnat qilgan. 2015 yilda Andijon viloyati IIB PPX va JTSB PPX batalonida xizmatni boshlagan. U ustozi serjant Muzaffar Ochildievning ko`magi bilan tajriba to`pladi. Rafiqasi Bahridilxon bilan birgalikda ikki yoshli o`g`li Azizbekni tar­biyalashmoqda.

Safdor San`atbek Tojiboev Marhamat tumanida tavallud topgan. Ichki ishlar organlarida 2016 yildan buyon xizmat qiladi. U Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga bo`shatilgan otasining izidan borishni, harbiy bo`lishni orzu qilardi.

Safdorlar M. Azimov va S. Tojiboev yong`in chog`idagi o`z harakatlarini qahramonlik deb hisoblashmaydi: «Insonlarga yordam berish burchimiz. O`rnimizda bo`lgan har qanday xodim shunday yo`l tutgan bo`lardi...». 

Hikoyamiz qahramonlari – oddiy yigitlar, patrul-post xizmati batalonida ular kabi ko`plab xodimlar faoliyat yuritadi.

– Bo`linma shaxsiy tarkibi jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bo`yicha mas`uliyatli vazifalarni bajaradi, – deydi Andijon viloyati IIB PPX va JTSB boshlig`i, podpolkovnik Muhammadjon Nishonov. – Yuqori darajadagi tayyorgarlik, kasbiy mahorat tufayli xodimlar o`z zimmasidagi vazifalarni sharaf bilan ado etishmoqda.

Suratda: Andijon viloyati IIB PPX va JTSB PPX bataloni xodimlari, safdorlar M. Azimov va S. Tojiboev.

Manba; "Postda.uz"

Шарҳлар

Gresiyadagi eng katta muhojirlar lageri butunlay yonib ketdi

10.09.2020, 09:25

Gresiyaning Lesvos orolidagi eng katta Moriya muhojir va qochqinlar lageri butunlay yonib ketdi.ERT telekanali xabariga ko`ra, 12,8 ming kishi yashab kelayotgan lagerdagi yong`in COVID-19 bilan...
Rossiya konidagi yong`inda halok bo`lgan hamyurtlarimiz jasadi O`zbekistonga qaytarildi.

25.12.2019, 11:03

Xabaringiz bor, Rossiyadagi konda sodir bo`lgan yong`inda o`zbeklar ham halok bo`lgani xabar berilgan edi. TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning jasadlari O`zbekistonga qaytarilishi bo`yicha ma`lumot berdi. Mamlakatimizning Ekaterinburg...
Andijonda maktabning eski omboridan qo`l granatasi topildi

24.12.2019, 09:41

Andijon viloyati Asaka tumani IIB hamda IIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining viloyat hududiga xizmat ko`rsatish bo`yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan 11-sonli maktab tekshirilganida, ta`lim muassasasining...
Andijon viloyati hokimi o`z stipendiyasini joriy etdi

18.12.2019, 20:39

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi oliy o`quv yurtlari talabalari uchun stipendiya ta`sis etdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.Viloyat hokimi viloyatdagi oliy o`quv yurtlarida tahsil...