my5

Rasmiy: “Ozodlik” Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievga nisbatan navbatdagi tuhmatini e`lon qilgan”

Jamiyat 16.12.2019, 13:56
Теглар: hokim, Farg`ona, janoza, Ozodlik
1490
Rasmiy: “Ozodlik” Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievga nisbatan navbatdagi tuhmatini e`lon qilgan”

Avval xabar berganimizdek, “Ozodlik” Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievning ovozi deb aytilayotgan audio ostida “Farg`ona hokimi blogerning “janozasini o`qish” ni buyurdi” sarlavhali materialni e`lon qilgan edi.

Ikki kundirki muhokamalar maydonidan tushmayotgan mazkur mavzu bo`yicha viloyat Matbuot xizmatining rasmiy bayonoti berildi.

“Ozodlik” Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievga nisbatan navbatdagi tuhmatini e`lon qilgan. 2 dekabrda aytilgan deb iddao qilinayotgan audio yozuvdagi ovozi o`xshatilgan so`zlar biron bir selektor yig`ilishida Sh.G`aniev tomonidan aytilmagan. Sh.G`aniev jurnalist yoki blogerlarga nisbatan bosim yoki tazyiq o`tkazmagan, Quva tumani hokimiga bu haqda hech qachon tanbeh bermagan.
Audio yozuv o`xshatma ovozning qo`pol montajidan boshqa narsa emas.
Hurmatli internet foydalanuvchilari, hamkasb jurnalistlar, blogerlar! “Ozodlik”ning o`yiniga uchmang, uning tuhmatlariga ishonmang. Agar “Ozodlik”da bunday haqiqiy ovoz bo`lganida edi, u o`zi iddao qilishicha 2 dekabrdan buyon uni ushlab turmas edi.
“Ozodlik”ning kuni endi pranker (ovoz o`xshatuvchi)larga qolgan ko`rinadi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Шарҳлар

Farg`onada Rossiyaga jo`nataman deb aldagan shaxsga jinoyat ish ochildi

28.09.2020, 21:22

Farg`ona viloyatida Rossiyadan ish topib beraman deb aldagan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar berdi.Manbaning xabar berishicha, 2020 yilning 28 may...
So`x o`zgarmoqda

16.09.2020, 23:32

2020-2021 yillarda So`x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari Dasturiga asosan tumanda 160 kilometr shag`al qoplamali yo`llarni sementobeton qoplamaga o`tkazish va asfalt qoplama yotqizish, 106...
Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi

06.02.2020, 20:49

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimligi xodimining fuqaro bilan telefon orqali muloqot chog`ida odob-axloqqa zid bo`lgan so`kinish holati yozilgan audioyozuv tarqaldi.Viloyat...
Farg`onada telefon o`g`irlab qochgan shaxs voqea joyida qo`lga olindi

17.01.2020, 17:36

Farg`ona viloyatining Qo`qon shahridagi "Istiqlol" savdo majmuasida fuqaroning cho`ngagidagi uyali aloqa vositasini o`g`irlab, qochib ketmoqchi bo`lgan shaxs IIV xodimi tomonidan ushlab qolindi. Bu haqda Farg`ona...