my5

Angrenda 2 bosh qo`y 2,9 mln. qalbaki pulga sotildi

Jamiyat 16.12.2019, 17:38
Теглар: qalbaki pul, qo`y, Angren
933
Angrenda 2 bosh qo`y 2,9 mln. qalbaki pulga sotildi

 

Angrenda fuqaroning 2 bosh qo`ylari evaziga 2,9 mln. so`m qalbaki pul bergan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Angren shahrida joylashgan mol bozorida 2 nafar noma`lum shaxslar fuqaro E.A.ni aldab, 2 bosh qo`ylarini 2,9 mln. so`mga sotib olishga kelishib, unga 1 dona 100 ming so`mlik va 57 dona 50 ming so`mlik kupyuradagi qalbaki pullarni o`tkazib, 2 bosh qo`ylarini qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Шарҳлар

Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
Oqqo`rg`ondagi mol bozorda xaridor 3,4 mln. so`m qalbaki pul berib ketdi

21.11.2019, 13:20

 Oqqo`rg`onda qalbaki yuz ming so`mlik kupyuralar aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo`rg`on tuman bo`limi...
Urgut bozori oldida qalbaki dollar sotayotgan shaxs ushlandi

31.10.2019, 10:07

Bosh prokuratura Matbuot xizmati yana bir qalbaki pul tayyorlash va uni o`tkazish bilan bog`liq jinoyat haqida xabar berdi.Unga ko`ra, Departamentning Samarqand viloyati, Urgut tumani bo`limi...