my5

Andijonda rashkchi er ochiq sud qilinib, jarimaga tortildi

Jamiyat 16.12.2019, 19:05
Теглар: Sud, Andijon, er
1323
Andijonda rashkchi er ochiq sud qilinib, jarimaga tortildi

Andijon viloyati Ulug`nor tumanida yashaydigan K.N. (shaxsi o`zgartirilgan) joriy yilning 2019 yil 23 noyabr kuni soat 22.00lar chamasida o`zining yashash xonadonida turmush o`rtog`i Yu.D.(shaxsi o`zgartirilgan)ni asossiz rashk qilib, mushtumzo`rlik qiladi.  Xotinining sha`ni va qadr-qimmatini qasddan  kamsitib, haqorat qilib, yuz qismiga qo`li bilan urib, tan jarohati etkazadi. Er ushbu harakatlari Ulug`nor tumanidagi halq ta`limi bo`limiga qarashli 8-sonli umumta`lim maktabida ochiq sayyor sud majlisida ko`rib chiqildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Ulug`nor tuman ma`muriy sudining raisi Vaxobjon Siddiqov ma`lum qildi.

Sudning yakuniy qaroriga ko`ra, K.N. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (Haqorat qilish, ya`ni shaxsning sha`ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish) va 52-moddasi 2-qismida (Qasddan engil tan jarohati etkazish, bu harakat sog`liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko`p davom etmaydigan turg`un tarzda yo`qotishiga olib kelmagan bo`lsa) ko`rsatilgan harakatlari uchun 669.000 so`m jarima jazosi tayinlandi.

 

Шарҳлар

Vazirlar Mahkamasi nomini sotgan soxta boshliq qo`lga tushdi

05.02.2020, 14:20

Muqaddam bir necha marotaba sudlangan, vaqtincha ishsiz 52 yoshli andijonlik sudlanuvchi xavfli residivist bo`la turib, o`zganing mulkini osongina qo`lga kiritish payiga tushadi...Maqsadini amalga oshirish uchun...
Nohaq ayblangan navbatdagi fuqaroning ham yuzi yorug` bo`ldi

05.02.2020, 12:59

YoXUD YaNA BIR HOLAT BO`YIChA NOTO`G`RI ChIQARILGAN SUD QARORI BEKOR QILINDIJinoyat ishlari bo`yicha Zarafshon shahar sudining 2018 yil 7 iyundagi hukmiga ko`ra, 49 yoshli chilangar...
Prokuratura to`rtko`llik fuqaroning 10 000 dollarini undirib bera oladimi?

03.02.2020, 16:21

— Fuqaro A.Reymov To`rtko`l tuman “Ko`na To`rtko`l” OFY 3-bo`limda 2014 yildan shu kungacha davlat eridan noqonuniy foydalanib doimiy emas, mavsumiy yashab yurgan. 3600 m2 er-joyni “meniki,...
Endi sudga aliment da`vosi uchun pul to`lamaysiz

03.02.2020, 16:09

ShUNINGDEK, JAMI 40 TA HOLAT BO`YIChA SUDGA DA`VO KIRITISh UChUN TO`LOV TO`LANMAYDIJoriy yilning 6 yanvarida Prezidentimiz tomonidan “Davlat boji to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Mazkur Qonunga ko`ra,...