my5

Urgut hokimi oilasi bilan qish faslida aholining hayotini his qilish uchun bir tun tog`li qishloqda qoldi (foto)

Jamiyat 17.12.2019, 10:25
Теглар: Qishloq, hokim, Urgut
1972
Urgut hokimi oilasi bilan qish faslida aholining hayotini his qilish uchun bir tun tog`li qishloqda qoldi (foto)

Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiev o`z oilasi bilan qish faslida tog`li hududda yashayotgan aholining turmush tarzini o`rganish, qish faslida qishloq ahli hayoti, oddiy kun kechinmalarini o`z ko`zi bilan ko`rish, his etish uchun bir tun qishloqda mehmon bo`ldi, deya xabar berdi O`zA.

Tuman hokimi ikki nafar farzandi va turmush o`rtog`i bilan tumanning eng chekka tog`li qishlog`i Soyg`o`sda qish fasli hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Soyg`o`s mahallasi tumanning eng chekka tog`li hududi oxirgi qishlog`i hisoblanadi, bu erda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

“Qishloq ahli odamlariga ta`zim qilaman. Meni va oilamni samimiy, yurakdan qabul qilganlari uchun. Qishloqlarda muammolar ham etarli, hokimlikning bu erlarda amalga oshiradigan ishlari talaygina. Qishloq ahli bilan kengashib, o`zim bajarishim kerak bo`lgan ishlar chora-tadbirlarini belgilab oldim. Rejalar tuzdim.

Xalqqa yaqinlik odamni o`zligiga, ezgulikka chorlaydi. Sandal atrofida bobolar bilan qishloq tarixi, buguni, kelajagi haqida uzun suhbatlar qurdim. Bolalarimga ham o`zimning shunday kechgan yoshligim haqida so`zlab berdim. Qishloq xalqi boshqacha, ularning fazilatlarini ta`riflashga til ojiz, buni yurakdan his qilish kerak“, deydi Urgut tuman hokimi.

 

Шарҳлар

Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi

06.02.2020, 20:49

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimligi xodimining fuqaro bilan telefon orqali muloqot chog`ida odob-axloqqa zid bo`lgan so`kinish holati yozilgan audioyozuv tarqaldi.Viloyat...
Andijon viloyati hokimi o`z stipendiyasini joriy etdi

18.12.2019, 20:39

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi oliy o`quv yurtlari talabalari uchun stipendiya ta`sis etdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.Viloyat hokimi viloyatdagi oliy o`quv yurtlarida tahsil...
Xokim qaroriga o`zgartirish kiritildi. Endi navoiyliklar uyiga mehmon kelsa, bir kun uchun 3 ming so`m to`laydi

18.12.2019, 10:26

Navoiy shahri hokimining yangi qaroriga asosan oilaviy yotoqxonalarda yashovchilar uyiga mehmon olib kelsa, mehmon uchun ham alohida pul to`lashi joriy etilgani xabar qilingan edi. Ushbu...
Viloyat hokimlari bir kunda necha soat uxlashini ma`lum qildi, faqat Farg`ona hokimi...(video)

17.12.2019, 11:44

Senatning 25-yalpi majlisi ko`plab qonun muhokamalari va yangi tartiblarning tasdiqlanishi bilan birga yana bir qancha yangiliklar bilan ham ahamiyatli bo`ldi. Xususan, “Qalampir.uz” muxbiri tomonidan majlisga yig`ilgan...