my5

Jurnalist Ekopartiya vakillariga arqon berdi va o`zlarini daraxtga bog`lashni taklif qildi (video)

Jamiyat 17.12.2019, 11:52
Теглар: jurnalist, Ekopartiya, arqon
1551
Jurnalist Ekopartiya vakillariga arqon berdi va o`zlarini daraxtga bog`lashni taklif qildi (video)

Xalqaro press klubning saylovga bag`ishlangan navbatdagi soni bo`lib o`tdi. 

Unda jurnalist Malohat Yo`ldosheva O`zbekiston Ekologik partiyasi vakillariga o`zlarini daraxtga bog`lashlarini taklif qildi.

“Ekologik partiya tashkil topganiga 11 oy bo`ldi, saylov kampaniyasi e`lon qilinganiga 85 kun bo`ldi. Besh kun vaqtinglar qoldi. Shuncha paytdan buyon shuncha daraxt kesilyapti. Lekin birorta partiya vakili chiqib, shu kesilayotgan daraxt uchun men turib beraman deganini ko`rsatmadi”, dedi u.

U butun dunyoda yashillar partiyasi vakillari daraxt kesiladigan bo`lsa o`sha daraxtga o`zlarini bog`lab, bu holatga qarshilik qilishlarini ta`kidlab:

“Men bugun Ekologik partiyaga hammaning oldida mana shu arqonni beraman. Mana shu arqon bilan respublikada kesilayotgan har bitta daraxtga Ekologik partiya a`zosi o`zini bog`lasin”, dedi jurnalist.

Шарҳлар

Vazirlar Mahkamasi nomini sotgan soxta boshliq qo`lga tushdi

05.02.2020, 14:20

Muqaddam bir necha marotaba sudlangan, vaqtincha ishsiz 52 yoshli andijonlik sudlanuvchi xavfli residivist bo`la turib, o`zganing mulkini osongina qo`lga kiritish payiga tushadi...Maqsadini amalga oshirish uchun...
2019 yil jurnalistlar uchun qanday kechdi?

16.12.2019, 18:12

Jurnalistika dunyodagi eng xavfli kasblardan biri sifatida qolmoqda. Ayniqsa, avtoritar davlatlarda jurnalistlar faoliyatining xavflilik darajasi keskin ortgan. Jurnalistlarni himoya qilish qo`mitasining (KPJ) navbatdagi yillik hisobotida...
Ekopartiyasi a`zosi tanqidlarga sabab bo`lgan taklifini qayta izohladi

12.12.2019, 10:00

Xabaringiz bor, Xalqaro press klubning navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov fuqaro Toshkentga kelishidan oldin o`zining hududidagi inspektordan ro`yxatdan o`tishi bo`yicha taklifini bildirgan edi....
Ekopartiya a`zosi Toshkentga keluvchilar uchun yangi tizimni taklif qildi, bloger unga javoban “viloyatliklarning pasporti qora bo`lsachi?” demoqda

11.12.2019, 18:36

Xalqaro press klubni navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etish bo`yicha o`zining yangicha taklifini bildirdi."Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin...
Кун мавзуси: koronavirus
Об-ҳаво: Ташкент
+4° туман
Валюта курси
10427.38
USD 12.52
12473.23
EUR 128.5
137.48
RUB 0.79