SUYuQLIK
Kun davomida organizmingiz keraklicha suyuqlik qabul qilmas ekan gormonal holatda o`zgarish bo`lib, zo`riqish kelib chiqadi. Bu esa bosh og`rig`iyu holsizlik, diqqatni jamlash olmaslik kabi bezovtaliklarga ham sababdir. Shu bois suyuqlikni kanda qilmang. Gazsiz suv, ko`k choy, sutli choy va dorivor giyohlar ayni muddao.
BALIQ
Ayniqsa, o`rta yoshli kishilar haftada bir marta bo`lsa ham baliq iste`mol qilishlari lozim. Uning tarkibidagi Omega-3 hamda yarimto`yinmagan yoh kislotalari miya faoliyatiga ijobiy ta`sir etadi.
UGLEVODLAR
Miyamiz «toliqmasligi» uchun unga «yoqilg`i» kerak. Ya`ni uglevodlar. Sutli bo`tqalar, yirik tortilgan undan tayyorlangan non va makaron maxsulotlari, makkajo`xori, sabzavot va dukkakli donlar uglevodlarga mo`l.
MEVA VA SABZAVOTLAR
Ushbu maxsulotlar antioksidantlarga boy bo`lib, fikrlash, diqqatnish jamlash va xotira uchun asqotadi. Jumladan, qorag`at, maymunjon, qizil lavlagi, brokkoli, qizg`ish uzum, qizil bulg`or qalampiri va kivi kabilar.
TUXUM
Tarkibida xolin moddasi ko`p bo`lishi bilan birga V vitamini ta`sirida charchoq va zo`riqish tufayli yuzaga keladigan bosh og`riqlarining oldini oladi. Tuxum iste`mol qilishda eng ma`quli qaynatilib, tayyorlanganidir.
POMIDOR
Kuchli antioksidant sanalgan likopenga ega bo`lib, iste`mol qilinganida miya qon tomirlarini kislorod bilan ta`minlaydi. Evropalik olimlarning tadqiqoti esa pomidor tomirlarda qon ivib qolishi (tromb) ni oldini olishini isbotlashgan.