Qo`l kaftidagi o`zgarishlarga qarab ham tashxis qo`yish mumkinmi?

Salomatlik 03.02.2015, 18:27
18973
Qo`l kaftidagi o`zgarishlarga qarab ham tashxis qo`yish mumkinmi?

Xalq tabobatida qo`l kafti rangi, holati va ko`rinishiga qarab tashxis qo`yish usullari mavjud. Xususan:

  • Qo`l kafti yuzasining tez-tez qizg`ish tusga kirishi jigar faoliyatidagi o`zgarishlardan darak berishi mumkin.
  • Agar qo`l barmoqlarining uchi tez-tez qizarib tursa, me`da faoliyatiga diqqat qiling. Hazm qilish faoliyatida ham muammolar bo`lishi mumkin.
  • Bosh barmoq yuzasining qizarib qolishi, jinsiy a`zolar salomatligidagi bezovtaliklarga ishora bo`ladi.
  • Qo`l kaftining ustki qismiga e`tibor qiling: barmoq suyaklari yuzasi jigarrang tusda bo`lsa, o`t pufagida o`zgarishlar borligini bildiradi.
  • Qo`l kafti rangi ola-bula tusda bo`lsa, asab tizimi zo`riqishiga ishora beradi.
  • Agar qo`l kaftining ustki qismi tez-tez qichishib, quruqlashib borsa organizmda A va D vitaminlari taqchilligi yuzaga kelganini bilish mumkin.
  •  Barmoq uchining «muzlab» qolishi qon aylanishining me`yorda emasligini anglatadi.
  • Barmoq uchi hatto qishda ham qizib ketsa, jigar faoliyati jiddiy xavfdan darak berayotgan bo`ladi.
  • Gohida barmoqlar orasida «chumoli o`rmalashi» kabi holat kuzatilsa, endokrin tizim faoliyatiga sergak bo`ling. Ehtimol qalqonsimon bez faoliyatida o`zgarishlar bo`lishi mumkin.
  • Qo`l barmoqlarining uvishishi ayniqsa jimjiloq barmoq holati, yurak qon-tomir tizimi muammolariga ishoradir. Bordiyu bosh va ko`rsatkich barmoqlarda uvishsa, nafas yo`llaridagi bezovtaliklarga ahamiyat bering. 

Шарҳлар