AsosiyMadaniyat

Respublika kino forumi: O`zbek kino bozorini 2020 yilda nimalar kutmoqda?

'Respublika kino forumi: O`zbek kino bozorini 2020 yilda nimalar kutmoqda?'ning rasmi

 Bugun Toshkentda o`tkazilgan “Milliy kinematografiya: rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalar” Respublika kino forumida “Kinochilar uyi”ni qayta tiklash, Toshkent xalqaro kinofestivalini o`tkazish, Kinematografiya institutini tashkil qilish, “O`zbekfilm” turistik markazini ochish, milliy seriallar studiyasini yaratish singari bir qator masalalar muhokama qilindi. 

“Biz bugun yangi yilga mo`ljallangan, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri imzolagan hujjat asosida tuzilgan “Yo`l xaritasi”ni e`tiboringizga havol etyapmiz, – dedi “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. – “Yo`l xaritasi” davlat rahbari ilgari surayotgan qator tashabbuslar, “O`zbekkino” tomonidan o`tkazilgan tadbir va uchrashuvlarda bildirilgan fikrlar, taklif va g`oyalarni o`z ichiga oladi”. 

Shuningdek, “Yo`l xaritasi”da milliy kinoni rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar ko`zda tutilgan. Jumladan, “O`zbekfilm” kinostudiyasi ishlab chiqarish binosini rekonstruksiyalash uchun 40 mlrd so`m, “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Ilhaq”, “Ibrat” va “101-reys” filmlari va boshqa kino mahsulotlari uchun 17 mlrd. so`m yosh kino ijodkorlar uchun etarli shart-sharoit yaratish maqsadida tegishli moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 600 mln. so`m ajratilishi belgilangan.

Bundan tashqari yangi yilda  “Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi”,  “Respublika kinoprokat markazi”,  “Do`rmon” kinoijodkorlar uyi”,  “Qoraqalpoqfilm” singari inshootlarning rekonstruksiya qilinishi va foydalanishga topshirilishi, suratga olish jarayonlarida foylananish uchun 77 ta retro avtomomashina “O`zbekkino”ga berilishi ham ma`lum qilindi. 

 Shuningdek, jamoatchilikka, ikki yilda bir marotaba “Toshkent” xalqaro kinofestivali o`tkazish va uning tegishli direksiyasini tashkil qilish, O`zbekiston kino san`ati muzeyi, milliy filmlarni saqlash, raqamlashtirish bilan shug`ullanuvchi davlat kino fondini ochish, xorijiy mamlakatlarda, arxivlarda saqlanayotgan milliy kinoasarlarimizni qaytarish masalalari ham tilga olindi. 

“Yirik shaharlarimizda tadbirkorlarimiz kuchi bilan   kinozallarga ega bo`lgan savdo-ko`ngilochar komplekslari  ochish ham asosiy vazifalarimizdan sanaladi.Ana shu maqsaddaer maydonlari ajratish, imtiyozli kreditlar berish nazarda tutilmoqda, – deydi “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. –

Yaqin kelajakda Toshkent viloyati hududida yirik kino shaharchasi qurish loyihasi amalga oshiriladi. Ana shu maqsadda 120 gektarga yaqin er maydoni ajratiladi”. 

Bundan tashqari forumda “Kinochilar uyi”ni qayta tashkil etish bilan bog`liq yana bir xushxabar aytildi. Yangi “kinochilar uyi” “O`zbekkino” Milliy agentligi hududidagi “Zamin” restorani negizisida bunyod etiladi. Bundan tashqari “O`zbekkino” tizimida mehnat qilayotgan iste`dodli yoshlarni Toshkent shahriga propiska qilish va ularga har tomonlama imtiyozlar berish masalalasi ham hukumat hujjatida ko`zda tutilgan. 

O`zbek kinosanoatining rivoji bevosita kadrlar masalasiga borib taqaladi. Shu bois “El-yurt umidi” jamg`armasi bilan hamkorlikda Butunrossiya davlat kinematografiya institutida   10 nafar,  “Mosfilm” Kinokonserniga 20 nafar xodim va mutaxassislarni yuborish rejalashtirilgan. 

    Boshqa yangiliklar