Му5
8

Yulduz Usmonova deputatlar faoliyatini tanqid qildi va endi ularning qarshisiga chiqmoqchi

Madaniyat 27.12.2019, 10:10
8578
Yulduz Usmonova deputatlar faoliyatini tanqid qildi va endi ularning qarshisiga chiqmoqchi

“Darakchi” muhbiri Aliya Sulaymanova O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan suhbatlashdi. Intervyuda san`atkorning shaxsiy hayoti, o`zbek san`atining bugungi holat va bugungi siyosiy jarayonlar ham so`z bordi..

— Bugun esa va`dani berib, ko`zlagan maqsadiga erishguncha bir qop un bilan aldaganlarni eshityapman. Qopdagi un tugaydi, odamlarning muammosi-chi? Uni kim hal qiladi? 

Bugungi kundagi san`atkor deputatlarga kelsak, aslida, san`atkorni bu jarayonda bir ko`prik sifatida ko`raman. Chunki ular xalq va siyosat o`rtasida bog`lovchi bir vosita. Deputat bu o`yin yoki qo`g`irchoq emas! Deputat bo`ldingmi, ishlash kerak! Xalqni dardi bilan yashasin! Chunki bugunning odamlari hamma narsani tosh-tarozusini yaxshi tushunib olgan. Bugun ovoz bergan nomzodidan ertaga albatta natija kutadi. Men ham xalq vakiliman. Endilikda men ham xalqimning yonida tengma-teng turib deputatlarning gaplariga javob so`rab olaman. Bergan va`dalarini amalda bajarishini albatta talab qilaman! “2.5 mln.ga oila boqsa bo`ladi, go`shtni ko`p emang!” degan gaplar endi o`tmaydi. Deputat bu — yangi qonun chiqsa, uni qo`llab-quvvatlab qarsaklar bilan kutib oluvchi “funksiya”ni bajarmaydi! Ularxalqning manfatini ustun qo`yib ishlashi shart! Kerak bo`lsa, Senat vakillari bilan talashib tortishsin! Yurtboshimiz ta`kidlagandek, deputatni xalq saylaydi va endi ulardan talab qilamiz. 

MA`LUMOT O`RNIDA:

O`zbekiston xalq artisti bilan bo`lgan suhbatni to`liqligicha  "Darakchi" gazetasining 2020-yil 1-sonida o`qishingiz mumkin.

Шарҳлар