AsosiyMadaniyat

77 ta retro mashinalar “O`zbekkino”ga topshirildi

'77 ta retro mashinalar “O`zbekkino”ga topshirildi'ning rasmi

“O`zbekkino” MilliyagentligibinosidaYangiyiltadbirio`tkazildi.Tadbirdataniqlikinoijodkorlar, kino sohasi mutaxassislari, jurnalist va blogerlar taklif etildi. 

Tadbirdoirasida «O`zbekkino» hovlisida hukumatimiz  tomonidantaqdimetilgan 77taretroavtovamototransportlarko`rgazmasio`tkazildi. Mazkur avtomashinalardan kelgusida yurtimizda suratga olinadigan filmlarda zamon ruhini aks ettirish maqsadida foydalaniladi.

Tadbirda so`zga chiqqan  “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov yakuniga etayotgan   yilda amalga oshirilgan ishlar haqida so`z yuritib, 2020 yilda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar haqida ma`lumt berdi. 

Ta`kidlab o`tilganidek, yangi yilda kutilayotgan eng yirik hodisalardan biri Toshkent kinofestivalidir. 1968-1992 yil yillar davomida o`tkazilgan bu festival o`z davrida jahon kinosining nufuzli tadbirlaridan hisoblangan. Yangi yilda ushbu festivalning tiklanishi yurtimiz madany hayotidagi yirik voqealardan biri bo`lishi mumkin. Mazkur anjuman arafasida Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi rekonstruksiya qilinishi ham ko`zda tutilgan. 

Tadbirda shuningdek, joriy yilda yuksak mukofotlarga erishgan yosh o`zbek kinoijodkorlari ham taqdirlandi. Jumladan, bir qator xalqaro kinofestivalarda yuksak natijalarni qayd etgan yosh kinorejissyor Shokir Xoliqovga yangi filmlar suratga olishi uchun bir milliard so`mlik sertifikat taqdim etildi. 

Tadbir ishtirokchilari  “O`zbekkino” huzurida tashkil etilgan  Kino san`ati muzeyi hamda  Yosh kinoijodkorlar laboratoriyasi  bilan ham tanishdilar. 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar